Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

JAMOATCHILIK FIKRINING AMALIY AHAMIYATI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
JAMOATCHILIK FIKRINING AMALIY AHAMIYATI

Ekspertlar 2017 — 2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakat strategiyasi loyihasi yuzasidan o’tkazilgan keng jamoatchilik muhokamasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili asosiy g’oyasining amaliy ifodasi bo’ldi, deb ta’kidlashmoqda.

Bu jarayon, avvalo, fuqarolarimizning eng muhim ijtimoiy-siyosiy masalalarni muhokama qilish va hal etishda qatnashishga intilishi kuchli ekanini, turli kasb, yosh, -millat vakillarida O’zbekistonning barqaror rivojlanishidan manfaatdorlik tuyg’usi yuksakligini ko’rsatdi. Normativ-huquqiy hujjatlar ta’sirini baholash tizimi portaliga kelib tushgan 1 ming 300 dan ortiq fikr-mulohazalar, shuningdek, bevosita davlat idoralariga yuborilgan takliflar, ijtimoiy tarmoqlarda kechgan qizg’in muhokamalarni o’rganish odamlarning jamiyat hayotining turli jabhalariga doir fikrlarini baholash, dolzarb masalalarni hal qilish bo’yicha oqilona va amaliy yechimlarni topish imkonini berdi. “Tanqid amaliy taklif bilan go’zal” — aynan shu tamoyil barcha bo’g’indagi muhokamalarda muhim mezonga aylandi.

Bu sa’y-harakatlar Harakat strategiyasi loyihasini odamlarning real ehtiyojlarini aks ettiradigan qoidalar bilan to’ldirishga, ayni paytda jamiyatdagi kayfiyatni, aholining orzu-istaklari, aniq muammolarini aniqlashga, fuqarolik jamiyati ravnaqini namoyish etishga zamin yaratdi.

O’zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, parlament palatalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan media-maydondan -tashqari, barcha ommaviy axborot vositalarida, xususan, 25 ta markaziy nashr, shu jumladan, “Xalq so’zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida, hududiy bosma OAVlarda, mamlakatimizning 24 ta, xorijning 9 ta veb-resursida, 16 ta yetakchi telekanal hamda 6 ta radiokanalda qizg’in muhokamalar olib borildi. Harakat strategiyasi loyihasi qoidalari ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining ham asosiy mavzusiga aylandi.

Ta’kidlash kerakki, fuqarolar ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o’z kundalik hayoti misolida biladi, qabul qilinayotgan qonunlar, davlat dasturlari ta’sirini ro’y berayotgan o’zgarish va yangilanishlar orqali teran anglab yetadi. Shu ma’noda, Harakat strategiyasining jamoatchilik muhokamasiga havola qilinganini ko’pchilik to’planib qolgan og’riqli muammolar haqida ochiq va erkin fikr almashish uchun qulay imkoniyat sifatida baholadi. Aksariyat kelib tushgan takliflar qabul qilingani yoki foydali axborot sifatida inobatga olingani quvonarli, albatta.

Bahs-munozaralarda davlat organlari faoliyatining ochiqligini, davlat xizmatlari shaffofligini va sifatini kuchaytirish taklif etildi. “Elektron hukumat” tizimi salohiyatidan to’liq foydalanish bo’yicha salmoqli fikrlar bildirildi. Bu aholining xabardorligini oshirishga, pirovardida ularning faolligiga zamin yaratib, jamiyatda boqimandalik kayfiyatini yo’qotishga, odamlarni barcha davlat ishida bevosita ishtirok etishga undaydi. Xususan, “fuqarolardan boshqa davlat organlari yoki xo’jalik sub’yektlaridan beriladigan ma’lumotnomalarni talab qilishni taqiqlash, ularni davlat organlari o’zaro so’rovi asosida, jumladan, elektron axborot almashinuvi -orqali olish tizimini yaratish” taklif etildi.

Sudlarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda fuqarolar huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo’yicha belgilangan chora-tadbirlar muhokama ishtirokchilari tomonidan keng qo’llab-quvvatlanmoqda. Izohlarda sud organlariga bo’lgan ishonchni oshirish zarurligi ko’rsatib o’tildi. Aholi, ayniqsa, tadbirkorlar uchun bepul yuridik xizmatlar tizimini rivojlantirish so’ralmoqda. Elektron sudlov -amaliyotini joriy qilishni yakuniga yetkazish, fuqarolar uchun sud jarayonlarining ochiqligini ta’minlash bo’yicha aniq takliflar ilgari surildi.

Harakat strategiyasining iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha muhokamalar shuni ko’rsatdiki, O’zbekiston xalqi taklif qilinayotgan islohotlarni to’liq qo’llab-quvvatlamoqda hamda ushbu soha istiqbolini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini faol rag’batlantirishda ko’rmoqda. Ammo tadbirkorlarning erkin faoliyat ko’rsatishida mavjud to’siqlarni bartaraf etish bo’yicha amalga oshirilgan qat’iy chora-tadbirlarga qaramasdan, jamoatchilik fikri qator muammolar, jumladan, byurokratik sansalorliklar kuzatilayotganini ko’rsatayapti. Masalan, nazorat organlari bilan munosabatlarda tadbirkorlar manfaatlari ustuvorligi hali ham ta’minlanayotgani yo’q. “Keng aholi qatlami imkoniyatlarini faollashtirish uchun barcha chorani ishga solish kerak. Tadbirkorga erkinliklar berish mamlakat iqtisodiyotini ko’taradi!” deyishmoqda ishbilarmonlar.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish, intellektual qurilmalar va internet-servislarni keng joriy qilish, ijtimoiy muassasalarni -zamonaviy vositalar bilan jihozlash, ularni tarmoq infratuzilmalariga integratsiya qilish va ulash, axborot texnologiyalarini biznes boshqaruviga tatbiq etish, davlat sektorini avtomatlashtirish, aloqa operatorlari va raqamli televideniye provayderlari xizmatlarini kengaytirish va ravnaq toptirish, mahalliy axborot texnologiyalari, dasturiy ta’minot mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun qulay muhit yaratish yuzasidan amaliy takliflar, fikr-mulohazalar bildirildi. Fuqarolarimiz buni O’zbekistonning jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirishda muhim omil, deb hisoblaydi.

Ishtirokchilarning fikricha, O’zbekiston iqtisodiyoti ulkan salohiyatga ega. Masalan, katta-katta maydonlarni qamrab olgan qir-adirlarda pista yetishtirish uchun tabiiy imkoniyat mavjud. Lekin bundan yetarli darajada foydalanayapmiz, deb bo’lmaydi. Shu bois fuqarolar tomonidan pista yetishtirishni keng yo’lga qo’yish va uni qayta ishlash korxonalarini tashkil qilish vaqti keldi.

Muhokamalar chog’ida aholi ekologik muammolarga befarq emasligi yaqqol namoyon bo’ldi. Tuproq regeneratsiyasi, suv ta’minoti, o’rmon boyliklarini asrab-avaylash masalasi ham ishtirokchilar diqqat-markazidan chetda qolmadi.

Darhaqiqat, tabiatni va tabiiy resurslarni asrab-avaylashga yetarli darajada investitsiya kiritilmasligi kelajakda nafaqat qishloq xo’jaligi mahsulotlari -yetishtirish hajmining qisqarishiga, oqibatda energetika barqarorligiga, oziq-ovqat xavfsizligiga, inson salomatligi va iqtisodiyot rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Mamlakatimizning pul, valyuta siyosatini yanada mustahkamlash, transport tizimini rivojlantirish bo’yicha ham turli takliflar kelib tushdi. Yurtdoshlarimizning e’tirof etishicha, O’zbekiston nafaqat mintaqa uchun, ayni paytda butun Yevroosiyo doirasida xalqaro tranzit xabi bo’lish uchun barcha imkoniyatga ega.

Eng faol muhokama ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari yuzasidan bo’ldi. Yangi ish o’rinlari yaratish hamda aholining, avvalo, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlari bitiruvchilarining, mehnat bozorida raqobatga kirisha olmaydigan fuqarolar toifalari bandligini ta’minlash kabi masalalar hyech kimni befarq qoldirmadi. Bunda dasturchilar, ma’lumotlar bazasi ma’murlari uchun mehnat haqi to’lovini qayta ko’rib chiqish masalasiga alohida urg’u berildi. Zero, bu masalalar jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, yurtimiz iqtisodiyoti uchun zarur kadrlar qo’nimsizligining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Uy-joy kommunal sohasini isloh qilish fuqarolarimiz tomonidan eng ko’p fikr -bildirilgan yo’nalishlardan biridir. Muhokamalar ushbu yo’nalishda, shu jumladan, -xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatida jiddiy muammolar borligini, kommunal to’lovlarni asossiz ravishda oshirish holatlari uchrayotgani, sohada malakali mutaxassislar yetishmasligi kabi masalalar mavjudligini ko’rsatdi.

Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalikni yurtimizning mustaqillik yillaridagi asosiy yutug’i sifatida e’tirof etdilar. O’zbekistonda dinlararo va millatlararo totuvlik, bag’rikenglik muhiti hukmronligini, yurtimizning xalqaro hamjamiyatda nufuzi o’sib borayotganligini g’urur va iftixor bilan ta’kidladilar. Xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar xalqimiz tomonidan to’liq qo’llab-quvvatlandi. O’zbekiston dunyo hamjamiyati uchun ochiq bo’lib, fuqarolar xorijga hyech bir to’siqsiz, eng muhimi, xavfsiz safar qilishni, biznesini kengaytirishni istaydi. Amaliy takliflarda konsullik idoralari faoliyatini, ularning huquqiy asoslarini takomillashtirish, shuningdek, fuqarolar va davlat manfaatlarini himoya qilish bo’yicha choralarni kuchaytirish zarurati o’z ifodasini topgan.

Muxtasar aytganda, 2017 — 2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakat strategiyasi loyihasi yuzasidan o’tkazilgan keng jamoatchilik muhokamasini “O’zbekiston deb atalmish umumiy uyimiz taqdirini belgilashda ishtirok etish imkoniyati yaratib berilgani uchun rahmat!” degan g’oya bilan umumlashtirish mumkin. Zero, keng ko’lamli islohotlarda jamoatchilik ishtirokining ushbu shakli, shubhasiz, fuqarolik jamiyati rivojida muhim ahamiyat kasb etadi hamda davlat tomonidan puxta va samarali qarorlar hayotga tatbiq qilinishida asosiy vositaga aylanadi.

O’zA