JAMOATCHILIK NAZORATI TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Namanganda fuqarolik jamiyati institutlarining jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi rolini kuchaytirish masalasiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Namangan viloyati hududiy bo‘limi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida tashkil etilgan tadbirda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qilish idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolar yig‘inlari vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
– Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi roliga alohida urg‘u berilgan, – deydi Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Namangan viloyati hududiy bo‘limi yetakchi mutaxassisi Z.Vohidov. – Bugungi kunda jamoatchilik va fuqarolik nazorati instituti jamiyatning davlat bilan o‘zaro samarali aloqasini ta’minlash, odamlarning kayfiyatini, mamlakatda kechayotgan o‘zgarishlarga munosabatini aniqlashda muhim vositalardan biriga aylanmoqda.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonunlari mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirish va keng targ‘ib etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi. Fuqarolarni qabul qilishning huquqiy asoslari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishning qonuniy asoslari, “ishonch telefoni”ning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari imkoniyatidan foydalanish borasida fikr almashildi.
O‘zA