JANUBIY KOREYA KOMPANIYASI BILAN HAMKORLIK O’RNATISH YO’LIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Hanjin Information Systems and Telecommunication Co.” (Koreya Respublikasi) kompaniyasi vakillari “BePro” Dasturchilar markaziga tashrif buyurdi, deb xabar beradi infocom.uz.
Mazkur tashrifdan ko’zlangan maqsad Janubiy Koreya kompaniyasi va Markaz o’rtasida hamkorlikni yo’lga qo’yishdan iborat.
Uchrashuv chog’ida kompaniyalar o’z faoliyat va mahsulotlari hususida ma’lumot almashdilar, shuningdek, istiqbolli qo’shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Ma’lumot uchun: “BePro” Dasturchilar markazi 10 yildan ortiq vaqt davomida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Mazkur davrda markaz tomonidan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etish borasida 50 dan ziyod loyihalar amalga oshirildi hamda 7000 nafardan ziyod tinglovchilarga o’quv kurslari o’tkazildi. Shu qatorda, 1000 nafardan ortiq kishi “Prometric” va “Pearson VUE” sertifikatlash dasturlari bo’yicha tahsil oldi.
"Jahon" AA