JANUBIY KOREYA MADANIYATI HAFTALIGI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida «Korean week – 2015» madaniyat haftaligi ochildi. Tadbirda vazirlik va idoralar, diplomatik korpus vakillari, san’atshunoslar va kino ixlosmandlari ishtirok etdi.
Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Li Uk Xon O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik barcha jabhalar qatori madaniy-gumanitar sohada ham ravnaq topayotgani, bunda ikki davlat rahbarlari uchrashuvlari chog‘ida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi.
Fan, ta’lim, san’at, sport, turizm kabi qator yo‘nalishlardagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Ikki mamlakat san’atkorlari O‘zbekiston va Janubiy Koreyada o‘tkaziladigan madaniyat va san’at anjumanlarida muntazam ishtirok etib kelmoqda.
O‘zbekistonda koreys tili, madaniyati va san’ati, Janubiy Koreyada esa o‘zbek tili, xalqimiz tarixi va madaniyati keng o‘rganilmoqda. Mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari Koreya Respublikasining o‘ttizdan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqin hamkorlik qilib kelayotir. “O‘zbekiston – Koreya” do‘stlik jamiyati xalqlarimizning do‘stlik rishtalari va madaniy aloqalarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotir.
Madaniyat haftaligi Janubiy koreyalik ijodkorlar tomonidan suratga olingan «Miss buvijon» filmi namoyishi bilan boshlandi. Hafta davomida «Arxitekturada yangilik», «Donmakgolga xush kelibsiz!», «Mening sevgim, mening qaylig‘im», «Sinchkov» nomli filmlar namoyish etiladi. Toshkent, Urganch va Nukus shaharlarida qator madaniy tadbirlar, jumladan, koreys kinosi festivali, bolalar va o‘smirlar uchun futbol hamda koreys xalq amaliy san’ati bo‘yicha mahorat darslari, «Janubiy Koreya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik» mavzusida tasviriy san’at tanlovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.