JANUBIY KOREYADA O’ZBEKISTON MADANIYATI VA AN’ANALARIGA BAG’ISHLANGAN KO’RGAZMA O’Z ISHINI BOSHLADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yaqinda Janubiy Koreyaning Kyongido viloyatida joylashgan Songnam san’at markazida O’zbekistong madaniyati va an’analariga bag’ishlangan ko’rgazma ochildi. Mazkur tadbir mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchixonasi tomonidan Songnam madaniyat fondi san’at markazi ko’magida tashkil etildi.
Ko’rgazmada an’anaviy o’zbek musiqa asboblari, milliy libos va bosh kiyimlar hamda xalq amaliy san’atining boshqa noyob namunalari san’at ixlosmandlari e’tiboriga havola etilmoqda. Bundan tashqari, tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar muzeyning maxsus elektron video tarmog’iga joylashtirilgan ko’plab foto va videomateriallarni ham tomosha qilishlari mumkin.
Songnam san’at markazi prezidenti Djun In Sukning so’zlariga ko’ra, mazkur ekspozitsiya Koreya Respublikasi aholisini o’zbek xalqining boy madaniyati va tarixi bilan yaqindan tanishtirish bilan birga madaniy-gumanitar sohadagi ikkitomonlama aloqalarni yanada mustahkamlanishi uchun zamin yaratadi.
Ma’lumot uchun: Songnam san’at markazi 2005-yil tashkil etilgan bo’lib, u Katta konsert zali, Opera uyi, “Kub” san’at muzeyi, “808” galereyasi, Songnam matbuot markazi, Musiqa asboblari butunjahon muzeyi hamda ko’plab teatrlarni o’z ichiga qamrab olgan eng yirik madaniyat markazlaridan biri hisoblanadi.
“Jahon” AA, Seul