Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

JINOYATNING OLDINI OLISH – DOLZARB VAZIFA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
JINOYATNING OLDINI OLISH – DOLZARB VAZIFA

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan haftaning payshanba kuni "Profilaktika kuni" sifatida belgilandi. Shu kuni mamlakatimiz bo‘ylab ichki ishlar idoralari va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar mas’ul xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari va aholi ishtirokida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.

Poytaxtimizning Yashnobod tumanida shu maqsadga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Profilaktika kunida jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olish, qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirishga e’tibor qaratilayotir.

– Farzandlarimizning har tomonlama yetuk inson bo‘lib voyaga yetishi uchun ularning chuqur bilim olishi muhim ahamiyatga ega, – deydi Yashnobod tumani ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Akmal Bahromov. – Shu bois ularning darslarga qatnashish davomati qat’iy nazoratga olingan. Xususan, ota-onasiga o‘qishga ketdim, deb bozorda, internet-kafelarda yurgan ko‘plab o‘quvchilar aniqlanib, o‘quv muassasalariga qaytarilmoqda. Bunda maktab, kollej va litseylarda hamda ko‘ngilochar maskanlarda parallel tadbirlar o‘tkazilayotgani o‘z samarasini bermoqda.

Yashnobod qurilish kasb-hunar kollejida o‘tkazilgan tadbirda Ismoil Qurbonovning o‘qishga mast holda kelgani aniqlandi. O‘quvchining ota-onasiga darhol xabar qilindi. Farzandiga e’tiborsiz bo‘lgani uchun uning otasi Alijon Qurbonovga tegishli chora ko‘rildi.

Bilimga chanqoq, intizomli yoshlar bilan har qancha faxrlansak arziydi. Lekin guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, ular orasida darsga kelsa-da, belgilangan tartib-qoidaga amal qilmaydiganlari ham uchrab turadi. Ayrim o‘spirinlarni tekshirib ko‘rilganda yonidan o‘tkir tig‘li jismlar, hatto oshxona pichog‘i chiqayotganini qanday izohlash mumkin? Yashnobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Kamron Jo‘rayev shu qilmishi uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bunday holga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan u bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

Turli jinoyatlarga yo‘l qo‘yayotgan fuqarolarni mahalla ahli o‘rtasida muhokama etish yo‘lga qo‘yilgani ta’sirchan vosita bo‘lib, boshqalarning shunday holga tushib qolmasligida muhim ahamiyat kasb etadi. Tumanning Iqbol mahallasida istiqomat qilayotgan Irina Xi 2017 yil 16 fevral kuni o‘tkazilgan profilaktik tadbirda huquqbuzarlik ustida qo‘lga tushgan edi. Bu ayolning qilmishi navbatdagi profilaktika kuni mahalladoshlari ishtirokida muhokama etildi. Ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan bu ayol mahalladoshlari oldida izza bo‘lib, qilmishidan pushaymonligini bildirdi. Bundan keyin foydali ish bilan mashg‘ul bo‘lishga va’da berdi. Bu borada unga mutasaddilar amaliy yordam ko‘rsatadigan bo‘ldi.

Ana shunday tadbirlardan yana biri tumandagi Beshbola mahallasida bo‘lib o‘tdi. Mahalla idorasiga jam bo‘lgan mahalla faollari, yoshi ulug‘ kishilar, yoshlar shu mahallada istiqomat qilib kelayotgan Yevgeniy Oxmensev sodir etgan huquqbuzarlik, uning sabablari va oqibatlarini muhokama qildi. 1955 yilda tug‘ilgan bu fuqaro avval ham turli jinoyatlar sodir etib, ikki marta sudlangan. U xalqimiz tomonidan yuksak qadrlanadigan odob-axloq me’yorlariga zid ravishda o‘z uyida fohishaxona tashkil etgan.

Mahalla oqsoqoli Maqsud Deykanov va profilaktika katta inspektori Abdumalik Umarovdan nega bu fuqaroning ish bilan band emasligi yoki pensiyaga ham chiqmaganini so‘raganimizda, ular Yevgeniy Oxmensev boshqa joyda doimiy ro‘yxatda turishini bildirdi. Shunga qaramay ish taklif qilib ko‘rilganda, u bundan bosh tortganini aytishdi.

Mahalla instituti, profilaktika xizmati davlatimiz tomonidan xalqning ichiga chuqur kirib borish, hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaslik maqsadida shakllantirilgan. Ammo ba’zi hollarda Ye.Oxmensevga o‘xshagan "quloqsiz"lar bir marta yo‘rig‘iga yurmasa, keyin o‘z holiga tashlab qo‘yilayotgani sir emas. Hech kimi yo‘q bu kimsaning hujjatini surishtirib, uning pensiyaga chiqishiga ko‘maklashilganda yoki boshqa yordam ko‘rsatilganda u bunday huquqbuzarlikka qo‘l urmagan bo‘larmidi?

Muhokamaga kelgan G‘ulom hoji ota Umrzoqovni suhbatga tortdik.

– Hamma nojo‘ya ish bekorchilikdan kelib chiqadi, – deydi G‘.Umrzoqov. – Shuning uchun mahalla faollari, mutasaddilar har bir xonadonga kirib, har bir kishining nima ish bilan mashg‘ulligini, bekor yurganlarning bandligini ta’minlashni birinchi galdagi vazifa sifatida qarashi kerak. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev xalqimizning manfaatini o‘ylab, turmush farovonligini oshirishni ko‘zlab shu maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilab bermoqda. Bularning mohiyatini chuqur anglab, odamlarga foydasi tegadigan ishlar qilinishi zarur.

Yig‘ilishga o‘z muammolarini mutasaddilarga bildirish, ulardan ko‘mak olish ilinjida kelgan fuqarolar anchagina ekan. Propiska, uy-joy, mol-mulk, narx-navo kabi muammolar ko‘tarildi. Ularni Yashnobod tumani ichki ishlar boshqarmasi xodimlari yozib oldi.

O’zA