JISMONIY MAHORAT SABOQLARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga qarashli 15-bolalar va o‘smirlar sport maktabida sportning voleybol, basketbol, gandbol, taekvondo (WTF), stol tennisi kabi turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan.
Zamonaviy jihozlangan sport maktabida 650 ga yaqin o‘g‘il-qiz malakali murabbiylar ko‘magida jismoniy mahorat sirlarini egallamoqda.
Mavjud qulayliklardan samarali foydalanayotgan yoshlar nufuzli musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallayotir. O‘tgan yili voleybolchi qizlar 1999-2001-yilda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika ochiq chempionatida shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldi, taekvondochilar mamlakat ochiq chempionatida 1 oltin, 1 kumush va 2 bronza medalini qo‘lga kiritdi.
O‘zA