Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

JISMONIY VA MA’NAVIY KAMOLOT YO’LIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
JISMONIY VA MA'NAVIY KAMOLOT YO'LIDA

Farg’onada O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan Vatanimiz mustaqilligining 24 yilligiga bag’ishlab “Milliy tiklanish” partiyasi sovrini uchun sport musobaqalari o’tkazildi, deb xabar beradi O’zbekiston Milliy axborot agentligi.

Tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida jismonan va ma’nan sog’lom avlodni voyaga yetkazish masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarilgani alohida ta’kidlandi. Zero, har qanday davlatning kelajagi, kuch-qudrati o’sib kelayotgan yosh avlodning salohiyatiga bog’liq.

Bugun yurtimizning qaysi hududiga bormang, xalqaro talablarga mos, muhtasham sport inshootlari ko’zingizni quvnatadi. Ularda o’zi sevgan sport turi bilan shug’ullanib, xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrog’ini baland ko’tarishga qodir baxtiyor farzandlar ulg’aymoqda. Sport bilan muntazam shug’ullanayotgan yoshlar safi kengayib borayotgani sog’lom turmush tarzi hayotimizning ajralmas qismiga aylanganidan dalolatdir.

— Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har tomonlama sog’lom avlodni voyaga yetkazish umummilliy harakatga aylandi, - dedi O’zMTDP fraksiyasi a’zosi Akmal Umrzoqov. - Bu borada O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi ham muayyan ishlarni amalga oshirmoqda. Kelajagimiz egalarini har jihatdan qo’llab-quvvatlash, iste’dodini ro’yobga chiqarishga ko’maklashish barcha partiya tashkilotlari va deputatlar guruhlarining doimiy e’tiborida. Mazkur tadbir ham partiya dasturiy maqsad-vazifalari ro’yobiga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi saylovoldi platformasida yosh avlodning har tomonlama sog’lom bo’lishini ta’minlash, yoshlarning sport bilan muntazam shug’ullanishi uchun qulay shart-sharoit yaratish, ayniqsa, o’g’il-qizlar o’rtasida milliy sport turlarini yanada ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Partiya keng bilimli, erkin fikrlaydigan, o’z qarashlarida milliy g’oyaga tayangan, hayot tarzi bilan milliy-ma’naviy qadriyatlarga, vatanparvarlik va insonparvarlik g’oyalariga sadoqatli yoshlarni voyaga yetkazishga hissa qo’shishni o’zining asosiy vazifasi, deb biladi. “Milliy tiklanish» partiyasi sovrini uchun an’anaviy sport musobaqalari ham ana shu ezgu maqsadga xizmat qiladi.

Musobaqalarda Farg’ona viloyatidagi yozgi oromgohlarda dam olayotgan 300 nafarga yaqin yigit-qiz va yosh oila vakillaridan iborat jamoalar ishtirok etdi. Shaxmat, shashka, suzish, yengil atletika, voleybol, milliy xalq o’yinlaridan kurash, tosh qo’ydi, chillak, besh tosh kabi o’yinlar bo’yicha bahslar yakunida g’oliblar aniqlanib, ularga faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.

— Milliy sport o’yinlari nafaqat inson salomatligini mustahkamlaydi, balki uni o’zlikni anglash, milliy qadriyatlarimiz, tariximiz, buyuk ajdodlarimizga hurmat, yurtni sevish ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi, - deydi musobaqa ishtirokchisi Gulnora Sobirova. - Mazkur musobaqalarda biz ishtirokchilar o’z mahoratimizni sinash bilan birga, milliy qadriyatlarimiz sog’lom turmush tarziga o’rgatishiga yana bir bor guvoh bo’ldik.

WWW.UZA.UZ