JIZZAX MAXSUS INDUSTRIAL ZONASIDA YORQIN CHIROQLAR QO’SHMA KORXONASI OCHILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Jizzax maxsus industrial zonasida energiya tejovchi diodli yorituvchi uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Yorqin Chiroqlar qo’shma korxonasi ochildi, deb xabar beradi “O’zbekenergo” aksionerlik jamiyati.
“O’zbekenergo” tarkibiga kiruvchi “Jizzax PTES” AJ va Janubiy Koreyaning OWELL kompaniyasi korxona ta’sischilari bo’ldi.
Korxona 2014 yil 17 iyunida Janubiy Koreya prezidenti Pan Kin Xening O’zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida “O’zbekenergo” va OWELL kompaniyalari o’rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida tashkil etildi.
Loyihaning umumiy qiymati 2.5 mln AQSh dollarini tashkil qiladi. Loyihaning hayotga tadbiq etilishi 33 yangi ish o’rnini tashkil etishga yordam beradi. Bugungi kunda zavod sexida asosiy jihozlar o’rnatilgan bo’lib, ishlab chiqarishni boshlashga barcha tayyorgarliklar hozirlangan.
Korxonada yiliga 2.5 mln dona energiya tejovchi diodli yorituvchi uskunalar, shu jumladan, 100 Vt quvvatli 120 ming, 32 Vt quvvatli 500 ming va 7 Vt quvvatli 1.88 mln dona uskuna ishlab chiqarish ko’zda tutilmoqda.
“Jahon” AA