«Jizzax» MIZ: Bir yo’la uch korxona ish boshladi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezidentimizning 2013-yil 18-martda qabul qilingan “Jizzax” maxsus industrial zonasini barpo etish to’g’risida”gi Farmoni ijrosi doirasida kecha mazkur hududda umumiy qiymati 12 million AQSh dollarilik uchta qo’shma korxona ish boshladi.
Plastmassa quvurlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan “Master Building Products” mas’uliyati cheklangan jamiyati - shulardan biri. Ushbu loyiha ro’yobi uchun xitoylik sarmoyadorlar tomonidan 3,5 million dollar hamda “O’zbekcharmpoyabzali” uyushmasi tomonidan 500 ming dollar miqdorida investitsiya kiritildi. Buning evaziga bo’sh turgan bino mukammal rekonstruksiya qilindi. Xorijdan zamonaviy texnologik liniyalar keltirib o’rnatildi. Pirovardida bu yerda issiq va sovuq suv uchun mo’ljallangan yetti o’lchamdagi plastmassa quvurlar hamda ularni bir-biri bilan ulashda foydalaniladigan qismlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Quvvatlar to’la ishga tushirilgach, yiliga 600 ming metrgacha mahsulot tayyorlanadi. Ishchilar soni esa 60 nafarga yetadi.
Ishlab chiqarish sub’yekti faoliyatini tashkil qilish uchun 4 million dollarga teng mablag’ yo’naltirildi, - deydi yana bir yangi qo’shma korxona - “Master Screw Systems” ta’sischilaridan biri Ulug’bek Hamidov. - Natijada import o’rnini bosuvchi 8 o’lchamdagi burama mixlar hamda gipsli kartonlarni montaj qilishda keng qo’llaniladigan metall profillar tayyorlash o’zlashtirildi.
“Jizzax” maxsus industrial zonasi hududida tashkil etilgan “Auto Pad Sustems” mas’uliyati cheklangan jamiyati nafaqat mamlakatimiz, balki Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. Ayni paytda bu yerda avtomobillarning tormoz kolodkalarini ishlab chiqarishga kirishildi.
Endilikda korxona mutasaddilari xom ashyoni mahalliylashtirish bo’yicha mamlakatimizdagi ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish harakatida.
Korxonalar ochilishi munosabati bilan bo’lib o’tgan tantanali marosimda so’zga chiqqanlar yurtimizda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti iqtisodiyotimizga kiritilayotgan xorijiy sarmoyalar hajmining izchil va barqaror o’sishini ta’minlayotgani, yangi-yangi sanoat sub’yektlari ishga tushirilayotgani, ularda ichki hamda tashqi bozorda talab yuqori bo’lgan raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlash o’zlashtirilayotganini alohida ta’kidladilar. Zero, faoliyatini boshlagan mazkur uch korxona ham ana shu islohotlar samarasidir.