Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

JORIY YILI UMUMTA’LIM MAKTABLARI BIRINCHI SINFGA 631 MING O’QUVCHI QABUL QILADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
JORIY YILI UMUMTA'LIM MAKTABLARI BIRINCHI SINFGA 631 MING O'QUVCHI QABUL QILADI

2015-2016 o’quv yilida mamlakatimizdagi umumta’lim maktablarining 1-sinfiga 631 ming o’quvchi boradi, deb xabar beradi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi.

Ularga 12 nomdagi o’quv anjomlaridan iborat «Prezident sovg’asi» tayyorlanib, joylarga yetkazildi. Ushbu sovg’alar o’quv yilining birinchi kunida bolalarga topshiriladi.

Yangi o’quv yilida o’quvchilarni darslik va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan ta’minlash maqsadida 454 nomdagi darslik va o’quv qo’llanma chop etilib, joylarga yetkazildi. 1-sinfga qabul qilinadigan o’quvchilar uchun chet tili darsliklari, mashq daftarlari, o’qituvchilar uchun metodik qo’llanma va multimedia ilovalari chop etildi.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maktablar qoshidagi axborot-resurs markazlarining kitob zaxirasini boyitishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilda boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun lotin alifbosida 27 nomdagi salkam 850 ming tirajdagi badiiy adabiyotlar, bolalar uchun kitoblar yetkazildi.

2015 yilgi investitsiya dasturiga muvofiq yangi o’quv yiliga tayyorgarlik doirasida mamlakatimiz bo’yicha 384 maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi tomonidan 221 sport inshooti hamda 5 bolalar musiqa va san’at maktabida qurilish, rekonstruksiya ishlari bajarildi.

Joriy yilda jami 4517 ta’lim maskanini mebel, o’quv-laboratoriya asbob-uskunasi, kompyuter texnikasi, sport anjomlari, musiqa cholg’ulari bilan jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

275 maktabgacha ta’lim maskani kapital ta’mirlanmoqda. Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni ko’paytirish va ularni maktabga sifatli tayyorlash maqsadida 1775 qisqa muddatli guruhlar, 3188 maktab qoshida savodxonlik guruhi faoliyat ko’rsatmoqda.

“Jahon” AA