JORJ EDGAR: “O’ZBEKISTON XALQINI MAMLAKAT MUSTAQILLIGINING 24 YILLIK BAYRAMI BILAN CHIN DILIMDAN QUTLAYMAN”
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Joriy yil 20-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida o’z diplomatiya missiyasini yakunlayotgan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan qirolligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Jorj Edgar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuv so’nggida “Jahon” axborot agentligi muxbiri britaniyalik diplomat bilan O’zbekistonda kechgan faoliyati haqida suhbatlashdi.
— Men Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan qirolligining mamlakatingizdagi elchisi sifatida uch yil faoliyat yuritdim. Bu qisqa davr bo’lsa-da, Buyuk Britaniya va O’zbekiston o’rtasidagi do’stona munosabatlarni yanada rivojlantirishga o’zimning kamtarona hissamni qo’shganimdan benihoya baxtiyorman.
So’nggi yillar davomida ikki tomonlama hamkorlik sohasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishildi. Eng avvalo siyosiy jabhadagi ijobiy natijalarni aytish lozim. Xususan, hukumat darajasidagi bir nechta tashriflar tashkil qilindi. Uchrashuvlar chog’ida turli sohalarda, shuningdek, transmilliy jinoyatlarga qarshi kurash olib borishda o’zaro aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Bu sohada, xususan, odam savdosi va giyohvand moddalarning noqonuniy tarqalishining oldini olishda hamkorlik to’g’risidagi bitim imzolanishi kutilmoqda.
Mamlakatingiz Markaziy Osiyo mintaqasidagi tinchlik va barqarorlikni saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, O’zbekiston qo’shni Afg’onistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga ham ulkan hissa qo’shmoqda. Bu davlatdagi vaziyatning barqarorligi Buyuk Britaniya uchun ham O’zbekiston singari birdek muhim hisoblanadi.
Mamlakatlarimiz o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar faol yo’lga qo’yilganini alohida ta’kidlab o’tish lozim. Birgina so’nggi ikki-uch yilning o’zida Britaniyaning bir nechta yirik kompaniyalari O’zbekiston bozoriga kirib keldi va hozir yurtingizda mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishga qiziqish bildirishmoqda.
Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik haqida fikr yuritganda Britaniya Kengashi vakolatxonasining O’zbekistondagi unumli faoliyatini alohida e’tirof etishni istar edim. O’tgan yillar mobaynida tashkilot Xalq ta’limi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari bilan samarali aloqalarni yo’lga qo’yib kelmoqda. Britaniya Kengashining O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Xorijiy tillarni o’rganish tizimini yanada mukammallashtirish to’g’risida”gi Qarori asnosida respublika o’quv musassasalarida chet tillarini o’qitish va o’rganish tizimini yanada kengaytirish va yaxshilash bo’yicha hamkorlikda amalga oshirayotgan ishlari e’tirofga loyiqdir. Hukumatning mazkur muhim qarorida aks etgan chora-tadbirlar va rejalarni amalga oshirishda Britaniya Kengashi ko’mak berayotganidan mamnunmiz.
Kasb-hunar ta’limi va madaniy almashinuv sohalarida ham o’zaro hamkorlik davom etmoqda. Britaniyalik taniqli rassom va haykaltarosh Genri Mur asarlari ko’rgazamasini tashkil qilishda qo’llab-quvvatlagani uchun O’zbekiston tomoniga minnatdorlik bildiramiz. Uch oy davom etgan mazkur ko’rgazmada o’n mingdan ortiq Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi jamoatchilik vakillari va mehmonlar ishtirok etishdi. Ko’rgazma chog’ida san’at ixlosmandlari Genri Mur ijodidan bahramand bo’lish bilan birga turli o’quv tadbirlarida yangi bilimlardan ham bahramand bo’ldilar.
Joriy yilda Samarqand shahrida bo’lib o’tadigan “Sharq taronalari” X Xalqaro musiqa festivalida Buyuk Britaniyadan ham musiqachilar ishtirok etishadi. Shuningdek, joriy yilning noyabrida dunyoga mashhur “Globus” teatri Shekspirning “Hamlet” asari spektakli bilan Toshkentga gastrol safarini uyushtiradi.
Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikning rivojlanishi nafaqat davlatlar o’rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishiga, balki ikki mamlakat xalqlarining yaqinlashuviga hamda madaniyat, tarix va an’analar bilan yanada yaqindan tanishishga ham xizmat qiladi.
Umuman, O’zbekiston singari ko’hna tarix, boy madaniyat va ko’p asrlik an’analarga ega bo’lgan ajoyib mamlakatda faoliyat yuritganimdan behad mamnunman. Bu yerga kelgan ilk kunlarimdayoq o’zbek xalqi o’zining mehmondo’stligi, oliyjanobligi va mehribonligi bilan meni hayratda qoldirgan edi. Yurtingizdagi millatlararo totuvlik va dinlararo bag’rikenglik yuksak e’tirofga sazovordir.
Fursatdan foydalanib, O’zbekiston xalqini mamlakat mustaqilligining 24 yillik bayrami bilan chin dilimdan qutlayman va rivojlangan demokratik davlat barpo etishda muvafaqqiyatlar tilayman.
“Jahon” AA