“KAFOLAT” SUG’URTA KOMPANIYASI FAOLIYATINING YARIM YILLIK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015 yilning 1-yarim yilligi yakunlariga ko’ra kompaniya 2105ta sug’urta da’vosi bo’yicha 5,5 mdrd.so’m sug’urta qoplamalari to’lagan, bu esa 2014 yilning mazkur ko’rsatgichiga nisbatan 62 foiz yoki 2,1 mlrd.so’mga ko’p demakdir. Kompaniya tomonidan bir kunda o’rtacha 11-12 ta sug’urta qoplamasi amalga oshirilmoqda.
Sug’urta qoplamalarining asosiy qismi majburiy sug’urta turlari, ya’ni Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish va Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha kelib tushgan sug’urta da’volariga to’g’ri kelmoqda.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha 2015 yilning 1-yarim yilligida1,3 mlrd.so’m sug’urta qoplamasi to’langan bo’lib, bu o’tgan yilning shu ko’rsatgichiga nisbatan 18 foizga ko’p degani.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha2015 yilning 1- yarim yilligida2,4 mlrd.so’mga yaqin sug’urta qoplamalari amalga oshirilgan va bu 2014 yilning ushbu ko’rsatgichiga nisbatan 500 mln.so’mga ko’p demakdir.
Ixtiyoriy tibbiy sug’urta bo’yicha sug’urta shartnomalarining oshishi munosabati bilan ushbu tur bo’yicha sug’urta qoplamalarining oshishi ham kuzatilmoqda va sug’urtaning ushbu turi bo’yicha 2015 yilning 1-yarim yilligida129 mln.so’mdan ziyod sug’urta qoplamalari amalga oshirilgan bo’lib o’tgan yilning mazkur ko’rsatgichiga nisbatan 73 foizga ko’p degani.
Bundan tashqari, xozirgi kunda Kompaniyamiz tomonidan qayta sug’urta bo’yicha faoliyat jadallashga bo’lib, ko’rilayotgan davrda qayta sug’urta shartnomalari bo’yicha 1,3 mlrd.so’m sug’urta qoplamalari amalga oshirildi.
Manba: Axborot markazi
“Jahon” AA