Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“KAMALAK” YULDUZLARI” ISTE’DODLARNI CHORLAYDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“KAMALAK” YULDUZLARI” ISTE'DODLARNI CHORLAYDI

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qarori bilan tasdiqlangan “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida navqiron avlod ijodiy salohiyatini yuksaltirish, ularning iste’dodi kamol topishiga har jihatdan ko‘maklashish muhim vazifa sifatida belgilangan.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Yoshlar tashabbuslari markazi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida har yili o‘tkaziladigan “Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali ana shu ezgu maqsadlarga xizmat qilayotir. Hozirgi kunda yurtimiz o‘quvchi-yoshlaridan mazkur ijodiy loyihada ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish davom etmoqda.

Festival iqtidorli bolalarni aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iste’dod va mahoratlarini namoyon etishi uchun imkoniyat yaratib berish, yosh avlodning ma’naviy olamini boyitishdek maqsadlarni ko‘zlagan. O‘g‘il-qizlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, san’at va go‘zallikka bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, milliy san’at an’analari va yo‘nalishlarini asrash, rivojlantirish hamda davom ettirishda ushbu loyihaning ahamiyati kattadir. Unda 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli bolalar ishtirok etishi mumkin.

Festival uchun o‘tkaziladigan tanlov fortepiano, torli-kamonli, damli va zarbli cholg‘u asboblari, milliy va akademik ijro, estrada, folklor va xor guruhlari, kamonli, damli va zarbli xalq cholg‘u asboblari, milliy, ball va zamonaviy raqslar, tasviriy va amaliy san’at, adabiyot kabi yo‘nalishlarda o‘quvchilarning ijodiy mahoratini aniqlash imkonini beradi.

Arizalar shu yilning 15-oktabriga qadar «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, uning tuman va shahar bo‘limlarida qabul qilinmoqda. Ishtirokchilarni tajribali va yuqori malakali mutaxassislar, ustoz san’atkorlar, rassom hamda hunarmandlar, xoreograflar, shoir va yozuvchilardan iborat hakamlar hay’ati baholab boradi. Loyihaning barcha bosqichlari keng jamoatchilik uchun ochiq bo‘lib, saralash jarayonlarining borishi, yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirokchilarning ijodiy dasturi tomoshabin va tinglovchilar tomonidan kuzatib borilishi mumkin.

Har bir bosqichda yo‘nalishlar bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan ishtirokchilar sertifikatlar, diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantiriladi. “Kamalak” yulduzlari” festivali g‘oliblarining ijodiy faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi va rivojlantirib boriladi, eng yaxshi ijodiy ishlar namunalari ko‘rgazmalari tashkil etiladi.

Festivalning final bosqichi 2016-yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tadi.

O’zA