Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

KARATE USTALARI TOSHKENTDA BELLASHDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
KARATE USTALARI TOSHKENTDA BELLASHDI

Poytaxtimizdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida karate bo‘yicha klublar o‘rtasida II Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sharq yakkakurashlari va jang san’atlarini rivojlantirish markazi, O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi, Osiyo karate federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur nufuzli musobaqada qit’amizning yigirmaga yaqin mamlakatidan 450 nafar sportchi o‘zaro kuch sinashdi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda navqiron avlodni jismonan va ma’nan barkamol etib voyaga yetkazishning muhim vositasi sifatida bolalar sportini rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Buning natijasida jismoniy tarbiya va sport ta’lim tizimining uzviy qismiga, yoshlarimizning kundalik hayot tarziga aylandi. Sportchilarimiz jahon arenalarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, “O‘zbekiston – sport mamlakati”, “O‘zbekiston yoshlari hech kimdan kam emas” degan e’tirof va olqishlarga sazovor bo‘lmoqda. Bu poytaxtimiz mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida ham o‘z isbotini topdi.

«O‘zbekiston» sport majmuasi ikki kun davomida karate muxlislari bilan gavjum bo‘ldi. Ushbu sport turi bo‘yicha klublar o‘rtasidagi II Osiyo chempionatining kumite – yakkama-yakka kurash va kata – kompleks mashq bajarish bo‘yicha bahslari qit’aning eng kuchli sportchilari mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

– Musobaqa tashkiliy jihatdan g‘oyat uyushqoqlik bilan o‘tdi, – deydi Osiyo karate federatsiyasi bosh kotibi Ksuxuy Vang. – O‘zbekiston bu borada katta tajriba va boy salohiyatga ega ekanini har tomonlama namoyish qildi. Bahslar keskin va murosasiz tarzda kechdi. Chempionatni yuqori saviyada o‘tkazgan tashkilotchilarga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.

Musobaqaning yakkama-yakka bahslarida terma jamoamiz a’zolaridan Iqbol Uzoqov va Sadriddin Saymatov o‘z vazn toifasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Fozil Sobirov bronza medal bilan taqdirlandi. Qizlar o‘rtasida Barno Mirzayeva, Dilfuza Niyozova va Zamira Aliyeva o‘z vazn toifasida ikkinchi, Hilola Badalova, Madina Shokirova, Dilnoza Bakirova, Maftuna Samadova, Nargiza Madoripova, Bahriniso Boboyeva, Nodira Mamadaliyeva uchinchi o‘rinni egalladi.

Qizlar o‘rtasidagi jamoaviy kumite bahslarida karatechilarimiz bitta oltin va ikkita bronza, erkaklar o‘rtasidagi bahslarda esa sportchilarimiz kumush medalga sazovor bo‘ldi. Jamoaviy kata bahslarida qizlarimiz uchinchi o‘ringa loyiq topildi.

Musobaqada umumiy medallar soni bo‘yicha yurtimiz karate ustalari ikkinchi o‘rinni egalladi.

– Sportchi sifatida ko‘p musobaqalarda g‘olib bo‘lganman, lekin o‘z Vataningda shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishning hayajoni yanada kuchliroq bo‘lar ekan, – deydi Iqbol Uzoqov. – Mamlakatimizda yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi, o‘z iqtidor va qobiliyatini namoyon etishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Bundan unumli foydalanib, xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda Vatanimiz bayrog‘ini yanada baland ko‘tarishga harakat qilamiz.

"Jahon" AA