KARATECHILARIMIZ QUVAYTDA BO’LIB O’TGAN NUFUZLI TURNIRDA 4 TA MEDALNI QO’LGA KIRITDILAR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Karate boyicha O’zbekiston terma jamoasi xalqaro musobaqalarda muvafaqqiyatli odimlarini davom ettirmoqda. Navbatdagi nufuzli “Kuweit-open” turnirida mamlakatimiz vakillari 4 ta medalni qo’lga kiritdilar. Shundan 2 tasi otin medal hisoblanadi.
Turnirda dunyoning 35 davlatidan sportchilar qatnashishdi. Musobaqada Guanchjou va Incheondagi Osiyo o’yinlari sovrindori, Osiyo chempioni Barno Mirzayeva eng yuqori o’rinni egallab oltin medal sohibasi bo’ldi. Ikkinchi oltin medal esa 2013-yilgi Osiyo chempioni, 2011-yilgi jahon chempionati 6-o’rin sohibi, xalqaro turnirlar sovrindori, mamlakatimizda 17 yoshlilar orasida tengsiz sportchi Sadriddin Saymatovga nasib etdi. .
Turnirning bronza medallarini Gofrujon Zohidov va Dilnoza Bakirovalar qo’lga kiritdilar.
Eslatib o’tamiz, barcha g’olib sportchilarimiz kumite yo’nalishida shohsupadan joy oldilar.
“Jahon” AA