KARATECHILARIMIZNING MUVAFFAQIYATI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Karate bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘istonda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo chempionatida 7 oltin, 5 kumush va 14 bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘onistondan uch yuzdan ortiq sportchi kumite – yakkama-yakka bellashuvlar va kata – kompleks mashq bajarish bo‘yicha kuch sinashdi.
Shohruh Tursunmuhammadov, Iskandar Xushbekov, Ibrohim Xo‘jayorov, Komil Zokirov, Hilola Badalova, Madina Hakimjonova, Dildora Annadurdiyeva oltin medallarga sazovor bo‘ldi.
– Murosasiz kechgan bahslarda raqiblarimni mag‘lubiyatga uchratib, birinchi o‘rinni egallaganimdan xursandman, – deydi H.Badalova. – Ushbu chempionat tajriba va mahoratimni oshirishga, kelgusida bundanda nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etishimga xizmat qiladi.