Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

KATTA HAYOT OSTONASIDAGI JIDDIY SINOV

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
KATTA HAYOT OSTONASIDAGI JIDDIY SINOV

1-avgust kuni mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida test sinovlari bo‘lib o‘tdi

Prezidentimizning 2017-yil 5-maydagi "2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq joriy o‘quv yilida talaba bo‘lish istagidagi yoshlar uchun bir qator imkoniyat va qulayliklar nazarda tutilgan. Qarorga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha umumiy kvota bakalavrlar uchun avvalgi yillarga nisbatan ancha ko‘p – 66 ming 316 nafar etib belgilandi.

Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bo‘limida 100, Navoiy davlat konchilik institutida to‘lov-kontrakt asosida 90 va Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida to‘lov-kontrakt asosida 80 bakalavr tayyorlanishi ko‘zda tutilgan.

Hayotning barcha jabhalariga ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izchil joriy etilmoqda. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti IT sohasi uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlovchi asosiy oliy ta’lim muassasasi sanaladi. Bu yerga bakalavr yo‘nalishida axborot xavfsizligi sohalari bo‘yicha, komputer injiniring, dasturiy injiniring, telekommunikatsiya texnologiyalari, televizion texnologiyalar, AKTda iqtisodiyot va menejment, kasb ta’limi, pochta aloqasi texnologiyasi, axborotshunoslik va kutubxonashunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlardan hujjatlar qabul qilingan. Maxsus sirtqi bo‘limga ham qator yo‘nalishlar bo‘yicha qabul amalga oshiriladi.

Bu yil mazkur oliy ta’lim muassasasida hujjat topshirish jarayonida yoshlarning biometrik pasport ma’lumotlari va barmoq izlari skaneri tekshiruvi asosida abituriyentlarning ma’lumotlar bazasi yaratilgani testga kirish jarayonidagi turli qallobliklarning oldini olish, haqqoniylik va xolislikni ta’minlashga xizmat qildi. Yana bir jihat – bu yil o‘quv binosiga kiraverishda abituriyentlarning turli "ixtirolari" – shpargalkalar, qo‘lbola qo‘llanmalar, konspekt va daftarlar uyumi yo‘q. Demak, yoshlar testga alohida mas’uliyat bilan jiddiy yondashgan.

– Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, mobil aloqa sohasi yoshlar eng ko‘p qiziqadigan yo‘nalish, – deydi toshkentlik Sur’at Islomov. – Farzandim ushbu universitetga hujjat topshirdi. Bu yil joriy etilgan yangiliklar uchrashi ehtimoli bo‘lgan qonunbuzarliklarning oldini olishiga shubhamiz yo‘q. Ushbu texnologiyalarning joriy etilayotgani test sinovlari tom ma’noda xolis bo‘lishiga xizmat qiladi.

Prezidentimizning Chirchiq shahrida pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasasini tashkil etishga oid qarori qabul qilingani o‘qituvchilik kasbiga bo‘lgan yuksak e’tiborning amaliy ifodasidir.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti abituriyentlar ko‘p hujjat topshiradigan o‘quv maskanlaridan biri. Universitet qabul komissiyasi mas’ul kotibi Nusratilla Alimqulovning aytishicha, joriy o‘quv yilida talaba bo‘lish istagidagi yoshlardan 16 ming 580 hujjat kelib tushgan. Belgilangan qabul rejasi bo‘yicha 1 ming 125 yigit-qiz talabalikka qabul qilinadi. Joriy o‘quv yilida koreys filologiyasi, qozoq tili va adabiyoti kabi yangi yo‘nalishlar tashkil etilgan. Ayni paytda boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish, maktabgacha ta’lim, pedagogika va psixologiya, ingliz tili ta’lim yo‘nalishlariga yoshlarning qiziqishi katta.

– Qizim Muxlisa boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirdi, – deydi surxondaryolik Muhabbat Boymirzayeva. – O‘qituvchilik kasbi sharafli sanalishi bilan birga, mas’uliyati katta bo‘lgan kasblardan. Test sinovlariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilgani hujjat topshirishdan sinovlarga qadar barcha jarayonda yaqqol namoyon bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalariga 729 ming 947 abituriyent hujjat topshirgan. Bu 1 o‘ringa o‘rtacha 10,9 abituriyentni tashkil etadi.

Hujjat topshirish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatida kuzatildi. Ushbu viloyatda 48 ming 713 yoshlar oliy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan. Termiz davlat universiteti 36 ming 546 abituriyentdan hujjat qabul qilib, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida yetakchi o‘rinni egalladi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda test sinovlari o‘tadigan 1 ming 80 bino, 21 ming 765 auditoriya tayyorlandi. Test sinovlarining haqqoniy, qat’iy nazorat ostida o‘tishini ta’minlash maqsadida 86 ming 288 pedagog bino, qavat, auditoriya nazoratchilari sifatida jalb etildi.

Davlat test markazi tomonidan ushbu pedagog-xodimlar uchun test sinovlarini yuqori saviyada, adolatli, ochiq o‘tkazish maqsadida amaliy seminarlar tashkil etildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi davolash ishi, tibbiy pedagogika, tibbiy profilaktika, oliy hamshiralik ishi va tibbiy biologiya yo‘nalishlarida malakali mutaxassislar tayyorlaydi. Bu yil akademiyaga 9 ming 300 dan ziyod abituriyent hujjat topshirgan. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 5 ming 36 yigit-qizni tashkil etgan edi. Abituriyentlardan eng ko‘p hujjatlar davolash ishi fakultetiga qabul qilingan bo‘lib, 5 ming 300 yoshlar ushbu yo‘nalishda tahsil olish istagini bildirgan.

– 2017/2018 o‘quv yilida qator yangiliklar joriy etilmoqda, –deydi Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektori Turdiqul Bobomurodov. – Yangi o‘quv yilidan e’tiboran davolash ishi va tibbiy pedagogika fakultetlarida bakalavrlar uchun o‘qish muddati 6-yil, tibbiy profilaktika fakultetida 5-yil, tibbiy biologiya fakultetida 4-yil, oliy hamshiralik ishi fakultetida 3-yil etib belgilandi. Magistratura bosqichida yangi – atrof-muhit va inson salomatligi yo‘nalishi tashkil etildi. Maqsadli qabul kvotalari bo‘yicha Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan 5 mingga yaqin abituriyentdan hujjat qabul qilindi. Bu sohaga malakali tibbiyot xodimlarini yetkazib berish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Oliy ta’lim muassasasida imtihonlarga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rildi. Test sinovlari barcha zarur qulayliklarga ega 6 binoda o‘tkazildi. Abituriyentlarning ota-onalari, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan yaqinlari uchun kutish joylari hozirlanib, salqin ichimliklar sotuvi yo‘lga qo‘yildi, osh damlanib, tamaddixonalar hozirlandi.

Test savollari to‘plami soat 5:00 da imtihon o‘tadigan binolarga yetkazildi. Imtihonlarning adolat mezonlari asosida haqqoniy o‘tishi maqsadida huquq-tartibоt organlari xodimlari tomonidan qat’iy nazorat o‘rnatildi. Ular abituriyentlar shaxsini, auditoriyaga olib kirishi taqiqlangan buyumlarni diqqat bilan tekshirib bordi. Binolarga va auditoriyalarga kirib-chiqish videonazoratga olindi. Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalaridan jalb etilgan 900 ga yaqin o‘qituvchi auditoriya rahbari va kuzatuvchi sifatida test jarayoni oshkoraligini ta’minlab bordi.

– Prezidentimizning qarori bilan Toshkent tibbiyot akademiyasida viloyatlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari ajratilgani biz uchun ayni muddao bo‘ldi, – deydi surxondaryolik Dilorom Shofayziyeva. – Nabiram bu yil Termiz tibbiyot kollejini tamomlab, davolash ishi fakultetiga hujjat topshirdi. To‘g‘risi, dastlab hujjat topshirishga kelayotganimizda biroz hadik bor edi. Ortiqcha ovoragarchiliksiz, tezda hujjatlarni qabul qilishdi, xodimlarning muomalasi, yoshlarga, ota-onalarga yaratilgan sharoitlarni ko‘rib ko‘nglimiz ko‘tarildi.

Test sinovlari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida ham yuqori saviyada tashkil etildi. Universitet prorektori Orifjon Zaripovning aytishicha, universitetda muhandislik tizimlari, muhandislik-fizika, mashinasozlik texnologiyalari, energetika, muhandislik geologiyasi va konchilik ishi fakultetlaridagi jami 39 bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 17 mingdan ortiq abituriyentdan hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida 1 abituriyent – tanlov g‘olibi, 254 harbiy imtiyozga ega abituriyent bo‘lib, 2 ming 455 yosh talabalik baxtiga muyassar bo‘ladi.

– Angren ko‘mir-sanoat kasb-hunar kollejini tugatib, universitetning energetika, muhandislik geologiyasi va konchilik ishi fakultetiga hujjat topshirdim, – deydi Hasanbek Abdumannopov. – Test sinovlari yuqori saviyada tashkil etildi. Bizga zarur barcha sharoitlar yaratildi. Hech qanday noqonuniy harakatlarga guvoh bo‘lmadik.

Mamlakatimizda yo‘lsozlik va avtomobilsozlik sohalariga yangi texnologiyalarni joriy etish, yosh kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishga katta e’tibor qaratilgani bugun o‘zining yuksak samaralarini bermoqda.

Birinchi Prezidentimizning 2016-yil 26-avgustdagi «Avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish instituti etib qayta tashkil etildi. Mazkur hujjatga muvofiq institutda «Kasbiy ta’lim (avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, tunnellar, yo‘l o‘tkazgichlar va aerodromlar qurilishi)», «Avtomobil transporti, yo‘l-qurilish mashinalari va jihozlarining ekspluatatsiyasi», «Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (transport inshootlarining turlari bo‘yicha)», «Qiymat injiniringi», «Avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, tunnellar, yo‘l o‘tkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish», «Shahar yo‘llari va ko‘chalari mutaxassisi», «Transport logistikasi (avtomobil transporti)» kabi yetti yo‘nalishda bakalavrlar tayyorlanmoqda.

– Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ajratilgan 770 o‘ringa 5 ming 470 ga yaqin abituriyentdan hujjat qabul qilindi, – deydi institut qabul komissiyasi mas’ul kotibi Anvar Nazarov. – Yoshlarimizning sohaga qiziqish bildirayotganini ko‘rib, «Yaxshi yo‘lda yo‘ldosh ko‘p» degan purma’no naql yodga tushadi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning «Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni, «2017-2018-yillarda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan muassasamizda yangi loyihalar, ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarishda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Test sinovlarinining adolatli, ochiq o‘tishi, imtihonda abituriyentga qulayliklar yaratish maqsadida 163 auditoriya belgilangan talablar doirasida to‘liq jihozlandi. Abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari uchun zarur sharoitlar yaratildi. Toshkent shahar hokimligi va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda soya salqin joylarga o‘rindiqlar o‘rnatilib, salqin ichimlik va yeguliklar savdosi yo‘lga qo‘yildi.

– Navoiy shahridagi 1-akademik litseyni tamomladim, – deydi karmanalik Tohirbek Shirinov. – Mamlakatimizning qayeriga bormang, bunyodkorlik ishlariga guvoh bo‘lasiz, bu qurilishlarda keng va ravon yo‘llar, xalqaro talablarga to‘liq javob beruvchi ko‘priklarning o‘z o‘rni bor. Men ham yo‘l qurilishiga qiziqqanim sababli Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish institutining «Transport logistikasi (avtomobil transporti)» yo‘nalishida o‘qishni maqsad qildim. Mana, hozirgina test topshirib chiqdim. Aksariyat savollarning javobini topishda qiynalmadim, chunki litseyimizda barcha fanlar chuqur o‘rgatiladi.

Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, melioratsiya va suv xo‘jaligi, gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada olib borilayotgan sa’y-harakatlarda sohaga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarining o‘z o‘rni bor.

Sohaning yanada taraqqiy etishi uchun tegishli vazirlik, tarmoq korxonalari va ixtisoslashgan oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik muhim omil sanaladi. Shundan kelib chiqib, agrar tarmoqlar uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash sifatini tubdan oshirish, ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi va ilmiy-texnik salohiyatini yanada mustahkamlash, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, ilmiy-pedagog kadrlar va mutaxassislarning malakasini oshirish hamda qayta tayyorlashni tashkil etish maqsadida davlatimiz rahbarining “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga aylantirildi.

Joriy yil mazkur institutga bakalavriatning 25 ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 1 ming 805 o‘ringa 11 ming 600 dan ortiq abituriyentdan hujjat qabul qilingan.

Institut qabul komissiyasi mas’ul kotibi Abdurahim Berdishevning aytishicha, test jarayonlarining belgilangan me’yorlar asosida o‘tishini ta’minlash uchun 290 auditoriya hozirlanib, kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Natijada ko‘plab ota-onalar, abituriyentlarning yaqinlari test jarayonini kutish maydonlariga o‘rnatilgan monitorlar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida ham bu yilgi qabul uchun yangi qadamlar qo‘yildi. 2017/2018 o‘quv yilida bakalavriat bosqichi uchun 840, magistratura bosqichida 181 nafar maqsadli kadrlar tayyorlash kvotalari ajratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan va tegishli tavsiyanomaga ega bo‘lgan fuqarolarga mamlakatimizning barcha oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalari bo‘yicha to‘plagan ballining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyoz beriladi.

Shiddat bilan kechayotgan yangilanish jarayonlari ta’lim-tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar jarayonida ham o‘z ifodasini topmoqda. Bu yoshlarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlikni tobora kuchaytirish, jamiyat hayotining turli sohalari uchun bilimli, yuqori salohiyatga ega kadrlarni tayyorlash, barcha jabhalarni zamon talabiga mos tarzda rivojlantirishda o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatishi shubhasizdir.

O’zA