KELAJAGIMIZNING MUSTAHKAM POYDEVORI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Istiqlolning yigirma beshinchi dovoniga qadam qo’ydik. O’tgan yillar xalqimiz uchun azmu shijoat bilan yuksak marralar sari dadil odimlash davri bo’ldi.
Shu ma’noda, Prezidentimizning yosh avlodga chuqur ta’lim-tarbiya berish, qat’iy fuqarolik pozitsiyasiga ega, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallagan, intellektual salohiyatli, jismonan yetuk, hyech kimdan kam bo’lmagan yangi avlodni kamolga yetkazish borasidagi ezgu maqsadlari hamda chuqur o’ylab ishlab chiqilgan strategiyasi — “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi kabi tarixiy ahamiyatga ega hujjatlarning hayotga tatbiq etilishi biz tanlagan taraqqiyot yo’li to’g’ri va haqqoniy ekanligini yaqqol tasdiqladi.
Yurtboshimiz O’zbekiston o’qituvchi va murabbiylariga kasb bayrami munosabati bilan yo’llagan tabrigida “...biz mustaqil hayotga qadam qo’yib, eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirishni, yurtimizda demokratik davlat, obod va farovon jamiyat qurishni maqsad qilib qo’ygan ekanmiz, buning uchun avvalo ayni shunday buyuk ishga qodir bo’lgan yangi avlodni voyaga yetkazmasdan turib, bu yo’ldagi barcha-barcha harakatlarimiz puchga chiqishi muqarrar edi”, deya ta’kidlagan edi. Chindan ham, bugungi hayotimiz ana shu qaror naqadar asosli bo’lganini ko’rsatib turibdi.
2015-yilning noyabr oyida Toshkentda o’tkazilgan O’zbekiston va Yaponiya oliy ta’lim -muassasalari rektorlarining II konferensiyasi va VI O’zbekiston — Yaponiya akademik forumida Yaponiya delegatsiyasi rahbari Kixei Maeka yurtimizdagi ta’lim islohotlari haqida so’z yuritib, jumladan, shunday dedi: “Jahon ta’lim tizimida ilg’or tafakkurli, deya o’arb ta’lim tizimiga, madaniyatiga intilish, undan andoza olish tamoyili mavjud. Biroq O’zbekistonning ta’lim tizimi, uning samarasi, biz izlagan va intilgan ilg’or, umuminsoniy qadriyat va madaniyatga yo’g’rilgan tizim bo’lib, aksariyat mamlakatlarda yo’qotilgan o’ziga xos bebaho insoniy qadriyatlar o’zbek yoshlarida saqlanganini ko’rdik”. Bu e’tirof bejiz emas. Chunki hyech qaysi mamlakatda shaxsni shakllantirish, asrab-avaylash, tug’ilib voyaga yetgunigacha, -mustaqil hayotga qadam qo’yib, to o’zining o’rnini topgunigacha davlat qaramog’i va -e’tiborida bo’lishini olib borilayotgan siyosatning eng ustuvor yo’nalishlaridan biri -sifatida belgilash tizimi yo’q. Buning yana bir dalilini 2012-yil 16-17-fevral kunlari Toshkentda o’tkazilgan “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash — mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzuidagi xalqaro konferensiyada Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Osiyo taraqqiyot -banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki namoyandalari, dunyoning turli qit’alaridagi 40 dan ziyod mamlakatlardan tashrif buyurgan vakillarning O’zbekistonning yosh avlod -ta’lim-tarbiyasi borasida to’plagan tajribasi har tomonlama andoza olishga arzigulik ekani haqidagi e’tiroflarida ko’rish mumkin.
Jahon intellektual mulk tashkiloti va yetakchi xalqaro biznes-maktablardan biri — “INSEAD” tomonidan 2012-yilda inson kapitalining taraqqiyot darajasi bo’yicha o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, O’zbekiston 141 mamlakat orasida 53-o’rinni, -ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi, jumladan, ta’lim maqsadlari uchun -ajratiladigan mablag’lar bo’yicha esa dunyoda beshinchi o’rinni egallagani bejiz emas, albatta.
Dunyoda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siri davom etayotgan bir paytda yurtimizda ta’lim-tarbiya sohasiga har yili sarflanayotgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotga nisbatan 10-12 foizni tashkil etmoqda. Bu YUNESKOning mamlakatni barqaror rivojlantirishni ta’minlash uchun ta’limga yo’naltirilishi zarur bo’lgan investitsiyalar miqdori bo’yicha tegishli tavsiyalaridan, ya’ni 6-7 foizdan qariyb 2 barobar ko’pdir. O’zbekistonda yosh avlodni har tomonlama barkamol, yuksak intellektual salohiyatli qilib tarbiyalash uchun sarflanayotgan bu mablag’larga xarajat emas, kelajakka qo’yilayotgan muhim investitsiya sifatida ahamiyat qaratilmoqda. Shu ma’noda, 1997-yili qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va 2004 yilda tasdiqlangan Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi, sohada amalga oshirilgan boshqa keng ko’lamli ishlar nafaqat ta’lim-tarbiya tizimini, balki butun jamiyatimiz hayotini keskin o’zgartirib yuborgani, ijobiy ma’nodagi “portlash effekti”ni berganiga bugun barchamiz guvoh bo’lmoqdamiz.
Tasavvur va haqiqat
E’tibor qiling, bir paytlar tasavvurimizga ham sig’magan holat: bugungi kunda millionlab bolalarimiz yangitdan barpo etilgan va rekonstruksiya qilingan 10 mingga yaqin maktablarda, 1 ming 556 ta litsey va kollejda, 70 dan ziyod oliy o’quv yurtlarida yangi ta’lim tizimi asosida bilim hamda tarbiya olib, zamonaviy kasb-hunarlarga ega bo’lib, hayotda munosib o’rnini topmoqda, mamlakatimiz ta’lim modelining samarasi hamda -raqobatdoshligini xalqaro maydonlarda keng va ravshan namoyon etayotir. Unib-o’sib kelayotgan o’g’il-qizlarimiz yurtimizda yaratilgan noyob imkoniyatlardan unumli foydalanib fan cho’qqilarini, xorijiy tillarni, kasb-hunarlarni puxta egallab, ona-Vatanimizga sadoqatli, munosib farzandlar, uning ishongan posbonlari, himoyachilari, bugun boshlangan ezgu ishlarning davomchisi bo’lib voyaga yetayotganini butun dunyo e’tirof etib, tan olmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov O’zbekiston o’qituvchi va murabbiylariga yo’llagan bayram tabrigida ham “...amalda o’zini oqlamagan eski mustabid tuzumning qolip va aqidalaridan butunlay xoli bo’lgan, tez va shiddat bilan o’zgarib borayotgan zamon bilan hamqadam bo’lib, yangicha, mustaqil fikrlaydigan, taraqqiy topgan davlatlardagi tengdoshlari bilan bellashuvga tayyor, izlanish va doimo izlanish, g’urur va iftixor bilan yashaydigan yangi avlodni tarbiyalash bo’yicha qanday ulkan vazifalarni ado etganimizni yana bir bor eslashimiz o’rinli”, deya alohida ta’kidlagan edi.
Har yili yuzlab ta’lim-tarbiya muassasalari yangidan qurilib, kapital ta’mirlanmoqda. Birgina 2015-yilning o’zida sohada 384 ta ob’yektning moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash bo’yicha qiymati 423 milliard so’mlik ishlar amalga oshirildi, namunaviy loyihalar asosida 29 ta yangi umumta’lim maktabi barpo etildi, 219 ta maktab rekonstruksiya qilinib, 136 tasi kapital ta’mirlandi.
Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning mustaqil bilim olishini ta’minlash maqsadida o’quv rejada mustaqil ta’lim yuklamalari ko’paytirildi, mustaqil ta’limni tashkil etish mazmuni, metod va vositalari uyg’un ravishda ishlab chiqildi, o’qitishni tabaqalashtirish va individuallashtirish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
O’zbekistonda Yevropa va Osiyoning bir qator yetakchi oliy o’quv yurtlarining filiallari, jumladan, Vestminster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti, Inxa universiteti, Rossiya neft va gaz universiteti, Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiyot universiteti filiallari faoliyat yuritayotgani diqqatga sazovor.
Davlatimiz rahbarining 2011-yil 20-maydagi “Oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori oliy ta’lim muassasalari binolari ko’rinishinigina emas, balki ta’limning mazmun-mohiyatini ham sifat jihatidan o’zgar-tirib yubordi. Globallashuv, axborotlashuv jarayonida yoshlarimizning bilim olishga bo’lgan har qanday talabini qondirish yo’lida jahon ta’lim tizimining ilg’or an’analari asosida o’quv jarayonini takomillashtirish ishlari boshlandi. Ta’limga zamonaviy axborot texnologiyalari, ilg’or pedagogik metodlar joriy etildi. Zamonaviy darslik va o’quv qo’llanmalar yaratildi. Yo’nalishlar hamda mutaxassisliklar soha va tarmoqlarga mos -ravishda maqbullashtirildi. Oliy ta’lim muassasalarini modernizatsiyalash, ularni ilg’or o’quv va ilmiy laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish, ilg’or pedagogik texnologiyalar, o’qitish shakllarini joriy qilish, pedagoglar mehnatini rag’batlantirishni kuchaytirish borasida yanada samarali ishlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratdi.
Yurtimizda uch bosqichdan iborat, har yili o’tkaziladigan, maktab o’quvchilari uchun (“Umid nihollari”), kasb-hunar kolleji va akademik litsey o’quvchilari uchun bellashuvlarni (“Barkamol avlod”), oliy o’quv yurtlari talabalari uchun Universiadani o’z ichiga olgan yaxlit sport musobaqalari tizimi shakllangan. Bu yuz minglab farzand-larimizni, yigit va qizlarni ommaviy ravishda jismoniy sog’lomlashtirish hamda sport harakatiga jalb etish imkonini bermoqda.
Istiqlol davrida tug’ilib voyaga yetgan, mustaqil va yangicha fikrlaydigan, buyuk maqsadlar sari dadil intilayotgan farzandlarimiz ota-bobolaridan meros bo’lib qolgan o’z -yurtini, tug’ilgan tuprog’ini muqaddas deb bilishi, uning ertangi yorug’ kuni uchun butun borlig’ini bag’ishlashga qodirligi — bularning barchasi bugun hal qiluvchi kuch sifatida -namoyon bo’layotgan yoshlarimiz hayotining uzviy bir qismiga aylandi.
Yurtboshimiz rahnamoligida ishlab chiqilgan yoshlarga oid davlat siyosati navqiron avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning jismoniy hamda -ma’naviy rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratishda muhim omil bo’lmoqda. Yuzlab yosh-larimizning xalqaro fan olimpiadalari, tanlov va festivallarda yuqori cho’qqilarni zabt etayotgani, ularning sharafiga Vatanimiz bayrog’i baland ko’tarilayotgani o’zbek -bolalarining salohiyatini butun dunyo tan olayotganidan, ezgu niyat bilan ekilgan nihollar o’z mevasini berayotganidan dalolatdir.
Ta’lim tizimida tadrijiy bosqich
Davlatimiz rahbarining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
qarori asosida umumta’lim maktablarida xorijiy tillarni o’qitish tizimi tubdan o’z-gardi. Sohada keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-martdagi “Umumta’lim muassasalarining chet tillar o’qituvchilari malakasini va kasb mahoratini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, chet tili o’qituvchilari malakasini oshirishning prinsipial jihatdan yangi sa-marali mexanizmi joriy etildi.
Mustahkam moddiy-texnika bazasi, turli zamonaviy texnologiyalar, laboratoriya jihozlari mavjud bo’lganidan keyin ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlash faqatgina o’qituvchi mahorati va malakasiga bog’liq bo’lib qoladi. Ayni kundagi ilm-fan, ishlab chiqarishning yuksak taraqqiyoti ham oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilariga katta mas’uliyat yuklab, doimiy ravishda o’z ustida ishlash, malakasini muttasil oshirib borishni talab etmoqda. Shu o’rinda davlatimiz rahbarining 2015-yil 12-iyunda qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonini yangi sifat bosqichiga ko’tarib, professor-o’qituvchilarning ilmiy va pedagogik salohiyatini oshirishga asos bo’layotganini ta’kidlash joiz. Chindan ham, izlanish yo’q joyda rivojlanishga erishish mushkul. O’qituvchi malakasi yoshlar aql-zakovati, kamolotini belgilaydi. Ayniqsa, muallim o’z mahoratini oshirishdan, o’z ustida ishlashdan to’xtamasligi ayni muddaodir.
Innovatsiya va integratsiya — yuksalish mezoni
Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, har tomonlama rivojlangan innovatsion tizimga ega mamlakatlardagina innovatsiya jarayonlari samarali amalga oshirilib, texnologiyalar va mahsulotlar tijoratlashtirilmoqda. Bu jarayonda davlatning ishtiroki, iqtisodiyotning real sektori va yetakchi kompaniyalarning innovatsiya faoliyatini qo’llab-quvvatlashi muhim ahamiyatga egadir. Zero, ilm-fan davlatning texnik taraqqiyoti va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlaydigan ushbu integratsiya mexanizmining asosini tashkil qiladi.
Shu ma’noda, Prezidentimiz tashabbusi bilan an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkalari amaliy tadqiqotlarni joriy etish hamda ularning natijalarini ishlab chiqarish, innovatsion mahsulotlar ishlab chiquvchilar va iste’molchilar o’rtasidagi integratsiyani mustahkamlashda muhim mexanizmlardan biriga aylandi.
Zamonaviy bilim va texnologiyalarni egallagan, zarur laboratoriya hamda moddiy -resurslar bilan ta’minlangan yosh olimlar, tadqiqotchilar keng ko’lamli ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Ularning yangi ishlanma va loyihalari hayotga tatbiq etilayotir. Mamlakatimizning o’sib borayotgan ilmiy salohiyati va innovatsion iqtisodiyoti xalqaro hamjamiyatning e’tiborini jalb qilmoqda. Shu bois 2015 yilda bo’lib o’tgan VIII Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi doirasida ilk bor tashkil etilgan Toshkent xalqaro innovatsiya forumi yurtimizda ilmiy-texnika faoliyatini qo’llab-quvvatlash, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish, innovatsion loyi-halarni hayotga tatbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaralari e’tirof etilib, milliy iqtisodiyotimizni tarkibiy o’zgartirish va izchil yangilashga, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga hissa qo’shayotgani qayd etildi.
Bu ishlab chiqaruvchilarning olimlarimiz va ixtirochilarimiz tomonidan yaratilayotgan yangiliklarni xarid qilishdan g’oyat manfaatdor ekanini ko’rsatadi. Avval ular yangi texnologiyalarni, asosan, xorijdan sotib olgan bo’lsa, endilikda innovatsiya yarmarkalarida ishtirok etib, mamlakatimizda yaratilgan ishlanmalarni afzal ko’rishayapti. “O’zbekiston iqtisodiyoti izchil va barqaror rivojlanmoqda, — deydi xalqaro ekspert Bernardo Jeffrey Morante (Singapur). — Ilm-fan va ishlab chiqarishning o’zaro integratsiyasini kengaytirish, ular o’rtasida amaliy hamkorlikni kuchaytirish borasidagi ishlar bunda muhim o’rin tutmoqda. Yurtingiz ilm-fani yutuqlari, yoshlarning novatorlik qobiliyati diqqatga sazovor”.
Shu tariqa anjumanning xorijlik ishtirokchilari mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga keng jalb etish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalarga qiziqishini kuchaytirish, ijodiy tafakkur hamda yaratuvchanlik salohiyatini rivojlantirish borasidagi ishlarni yuksak baholashdi. O’zbekistonda ta’lim, fan va adabiyot hamkorligini kengaytirish, innovatsion g’oyalarni hayotga keng tatbiq etishga qaratilayotgan doimiy e’tibor jamiyat taraqqiyotini yuksaltirishga xizmat qilayotganini e’tirof etishdi.
Tub burilish va tarixiy yangilanish
Qo’lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlar, ayniqsa, so’nggi yillarda ta’lim tizimidagi ulkan ijobiy natijalar O’zbekistonning har bir fuqarosiga iftixor bag’ishlaydi. Bugun yangicha fikrlaydigan, o’z kelajagini mamlakatimizning kelajagi bilan bog’liq holda ko’radigan yangi avlod vakillari shaxdam qadam tashlamoqda. Bir necha xorijiy tilni o’rgangan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni puxta o’zlashtirgan, mustaqil fikrlaydigan, boshqacha aytganda, el-yurt xizmatiga shay, yuragi yonib, ko’zlari chaqnab turgan navqiron o’g’il-qizlarni ko’rib, qalbingizda ishonch, g’urur-iftixor tuyg’ulari jo’sh uradi.
Mana shular haqida o’ylaganda, beixtiyor kechagi kunlar yodga tushadi. Axir, biz qariyb bir asrlik mustabid siyosat iskanjasida o’zimizning shonli tariximiz, buyuk ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasini, muxtasar aytganda, kim ekanligimizni dunyoga ma’lum qilishdan mahrum edik. Bizning xalqimizga shu darajada xavotir bilan qaralardiki, chet el olimlari bilan yuzma-yuz bo’lib qolmasligimiz uchun -barcha choralar ko’rilardi. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq Yurtboshimizning milliy qadriyatlarimizni tiklash bo’yicha olib borgan mardona kurashi bugun o’z natijasini bermoqda. Biz “mardona kurash” iborasini bejiz tilga olmadik. Chunki bizning tariximiz, ma’naviy mulkimiz dunyo e’tiborida shu darajada qasddan chalkashtirib tashlangan ediki, uni joy-joyiga qo’yish va e’tirof ettirish uzoq, mashaqqatli kurashni hamda ko’krak tutib himoya qilishdek og’ir vazifani yelkaga olishni talab qilar edi. Bugun mustaqillik yillarida shu yo’nalishda amalga oshirilgan ishlar ko’lamiga nazar solar ekanmiz, uzoqni ko’zlab, muntazam ravishda olib borilgan ishlar tufayli qadim madaniyatimiz va mustaqillik davri orasidagi kamsitilish hamda bepisandlik asri asoratlaridan butkul xalos bo’lganimizni anglaymiz.
Bu — xalqimizning olamshumul muvaffaqiyati! Bu — buyuk bobokalonlarimiz, aziz-avliyolarimizga ko’rsatilayotgan beqiyos ehtiromning amaldagi tasdig’i! Bu — bugungi va ertaga yetishib keladigan yosh avlod qo’liga berilgan mangu hujjat!
Prezidentimiz o’z chiqishlarida “Biz kecha kim edigu bugun kim bo’ldik?” degan hayotiy mulohazaga alohida urg’u beradilar. Darhaqiqat, ayni damda har bir yurtdoshimizning turmush tarzi, ularning ongu tafakkuridagi o’zgarishlar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlarni kuzatib, 25 yil ichida bosib o’tgan yo’limiz, chindan ham, havas va hayratga arziydi, deb bemalol ayta olamiz. Ayniqsa, jahonda taraqqiyotning “o’zbek modeli”, deb nom qozongan o’zimizga xos va mos yo’lning naqadar to’g’ri, ayni paytda hayotiy ekanligi amalda to’la o’z tasdig’ini topayotir. Endi shu o’rinda bir savolni o’zimizga beraylik: bu zamonaviy bunyodkorlik ishlari, islohot va o’zgarishlar o’z-o’zidan amalga oshdimi? Yoki biror tasodif tufayli paydo bo’lib qoldimi? Yo’q, aslo! Buning ortida og’ir mehnat, yurt va xalq taqdiri, kelajagi o’ylovida o’tkazilgan halovatsiz kechalar, tinimsiz izlanishlar, davlatimiz rahbarining puxta va oqilona siyosati turibdi.
Shuning uchun ham kim bilan suhbatlashmaylik, bugungi tinch va osuda hayot uchun shukronalik, farovon va obod turmushdan mamnunlik, farzandlar taqdiridan rozilikni anglaymiz. Zero, biz bolam, deb yashaydigan xalqmiz. Bunday g’amxo’rlik Prezidentimiz rahnamoligida olib borilayotgan siyosatning tub mazmun-mohiyatiga singib ketgan. Farzandlar taqdiriga millat istiqboli, deb qaralayotgan ekan, bunday mamlakatning bolalari hyech qachon hech kimdan kam bo’lmay, shodon va sog’lom ulg’ayaveradi.