Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

KENG TURDAGI DORI-DARMON VA TIBBIYOT BUYUMLARI ISTE’MOLCHILARGA TAQDIM ETILMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
KENG TURDAGI DORI-DARMON VA TIBBIYOT BUYUMLARI ISTE'MOLCHILARGA TAQDIM ETILMOQDA

“O‘zekspomarkaz”da to‘qqizinchi xalqaro ixtisoslashgan “UzMedExpo – 2016” tibbiyot ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazma O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, “O‘zfarmsanoat” aksiyadorlik konserni, “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi, “IEG Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida sog‘liqni saqlash tizimini isloh etish borasida amalga oshirilgan izchil chora-tadbirlar xalqimizning zamonaviy tibbiy yordamdan bahramandligini oshirish, aholi salomatligini mustahkamlashda yuksak samaralar berayotgani alohida ta’kidlandi.

“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida bu boradagi ishlar ko‘lami yanada kengaymoqda.

Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘lar tobora ko‘paymoqda. Joriy yilda investitsiya dasturi doirasida bir yuz oltmishdan ko‘proq shifo muassasasida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari bajarilayotir. “Salomatlik-3” loyihasi doirasida tuman va shahar tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilayotir. Bu boradagi tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirishda an’anaviy tarzda tashkil etilayotgan tibbiyot ko‘rgazmalarining ham alohida o‘rni bor.

Bu yil to‘qqizinchi bor o‘tkazilayotgan “UzMedExpo – 2016” ko‘rgazmasida mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari bilan bir qatorda Rossiya, Xitoy, Shveytsariya, Hindiston, Polsha, Janubiy Koreya, Germaniya kabi davlatlardan ellikka yaqin yetakchi kompaniya o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etayotir.

Ko‘rgazmada farmatsevtika sanoati mahsulotlari namoyishiga alohida o‘rin ajratilgan. Stendlarda dunyoning ko‘plab yetakchi ishlab chiqaruvchilari qatorida mamlakatimiz korxonalari ham keng turdagi dori-darmon va tibbiyot buyumlarini iste’molchilarga taqdim etmoqda.

Aytish joizki, mamlakatimiz farmatsevtika sanoati mustaqillik yillarida iqtisodiyotimizning muhim tarmog‘iga aylandi. Bugungi kunda bu yo‘nalishda bir yuz o‘ttizdan ko‘proq sanoat korxonasida xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ikki ming nomdan ko‘proq sifatli va samarali dori vositasi ishlab chiqarilmoqda.

“Nikopharm” shunday korxonalardan biridir. ISO-9001, GMP standartlari va sifatni boshqarish tizimlari joriy etilgan korxonada ishlab chiqarilayotgan yuzga yaqin turdagi zamonaviy dori-darmondan tibbiyot amaliyotida keng foydalanilayotir. Mamlakatimizdagi ilm-fan muassasalari bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan korxonada innovatsion ishlanmalar mahsuli bo‘lgan tabiiy giyohlar asosida yaratilgan o‘nga yaqin biologik faol qo‘shimchalarni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Maksiton, aktifer, inuleks, ekdiferin, hayotbaxsh, xofitol kabi shifo vositalari bunga misoldir. Korxonada investitsiya dasturi doirasida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va bir necha turdagi vitaminlar, suyuq va tomchi dorilarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, mahsulot eksportini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotir.

Zamonaviy tibbiyotni laboratoriya tahlili, diagnostika sohasi yutuqlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ilm-fan rivoji ildamlagani sayin bu yo‘nalishda ko‘plab muhim ixtirolar amaliyotga kirib kelgani ilgari aniqlash va davolash mushkul bo‘lgan ko‘plab xastaliklarning oldini olish, barvaqt tashxis qo‘yish va samarali davolash imkoniyatini yaratayotir.

Xitoyning “SonoScape medical corp” kompaniyasining yurtimizdagi vakolatxonasi tomonidan namoyish etilayotgan eng so‘nggi rusumdagi ultratovush tahlil apparatlari ana shunday yangi texnologiyalardandir. Zamonaviy tibbiyotning barcha sohalarida chuqur tahlil o‘tkazish imkoniyatiga ega ushbu diagnostika vositalari kasalliklarga ilk bosqichlarda aniq tashxis qo‘yish imkoniyatini yaratadi.

– Qariyb o‘n yildan beri O‘zbekiston bozorida faoliyat yuritmoqdamiz, – deydi mazkur kompaniyaning yurtimizdagi vakolatxonasi boshlig‘i Men Yun Fan. – Bu galgi ko‘rgazmaga o‘nga yaqin eng so‘nggi rusumdagi ultratovush tahlil apparatini olib keldik. Ular tashqi dizayni, qulayligi va ixchamligi, ichki funksiyalarining takomillashgani, yangi-yangi dasturiy ta’minot tizimlari bilan jihozlangani jihatidan ham ajralib turadi. Bunday ko‘rgazmalar xalqaro aloqalarni rivojlantirish, tibbiyot tizimida olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va tibbiy xizmatni zamonaviylashtirishda muhim omil bo‘ladi.

Ko‘rgazmada tibbiyot turizmi bo‘limi ham tashkil etilgan. Unda mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi yetakchi klinikalarning diagnostika, davolash, reabilitatsiya sohalaridagi yutuqlari namoyish etilmoqda.

“UzMedExpo – 2016”ning yana bir qiziqarli bo‘limi “Go‘zallik va salomatlik” seksiyasidir. Unda kosmetologiya industriyasi, estetik tibbiyot, plastik jarrohlik borasidagi yangi ishlanma va ixtirolar, kosmetologiya mahsulotlari namoyishiga keng o‘rin berilgan.

Ko‘rgazma tibbiyot ilmi, farmatsevtika, tibbiyot texnikasi, kosmetologiya, stomatologiya kabi sohalarda erishilgan muhim yutuqlarni keng ommalashtirish, tibbiyot tizimidagi aloqalarni mustahkamlash, yangi diagnostika va davolash uslublarini amaliyotga tatbiq etishda muhim omil bo‘ladi.

O’zA