KIBER TAHDIDLAR VA BUYUMLAR INTERNETI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizda davom etayotgan «ICTWEEK Uzbekistan – 2017» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida Xalqaro elektraloqalar ittifoqining «IoT» buyumlar interneti sohasi kiber xavfsizligining muhim masalalariga bag‘ishlangan hududiy seminar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi hamda Xalqaro elektraloqalar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston, Moldova, Ukraina, Qozog‘iston, Rossiyadan olim va mutaxassislar, «Cisco», «ZTE», «Huawei», «Microsoft», «Softline» kompaniyalari vakillari ishtirok etmoqda.
Ilmiy-texnik taraqqiyot internet-texnologiyalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda elektr jihozlarining so‘nggi modellariga internet tarmog‘iga ulanish imkonini beruvchi uskuna va moslamalar o‘rnatilmoqda. Bu jihozlarni loyihalash va foydalanishda axborot xavfsizligini ta’minlash majburiy talablardan biridir. Shu jihatdan O‘zbekistonda elektron uskuna va tizimlar kiber xavfsizligini oshirish yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Seminarning birinchi kunida kiber xavfsizlik masalalarida davlat va xalqaro hamkorlikning ahamiyati xaqida so‘z yuritildi. Axborot xavfsizligi butun dunyoda AKT barqaror rivojlanishining muhim tamoyillaridan biri ekani tan olingan. Har bir davlatda kiber tahdidlarga qarshi kurashuvchi mexanizm va tashkilotlar shakllantirilgan yoki shakllantirilmoqda. Prezidentimizning 2017-yil 29-avgustdagi «Axborot-kommmunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi tashkil etildi. Markazning vazifasi axborot xavfsizligiga raxna solayotgan zamonaviy tahdidlar haqida ma’lumot yig‘ish, ularni tahlil qilish va saqlash, davlat tashkilotlarining axborot tizimlari, ma’lumotlar zaxirasi va bazasiga noqonuniy kirishning oldini olishga qaratilgan samarali tashkiliy va dasturiy-texnik yechimlarni qabul qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdir. Zero, hech qanday chegara mavjud bo‘lmagan internet olamidagi kiberjinoyatlar tobora xalqaro tus olmoqda. Bu tahdidlarga qarshi kurashish uchun Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo‘lib O‘zbekiston axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xalqaro xavfsizlik tizimiga qo‘shildi.
Seminarda, shuningdek, tanqidiy axborot infratuzilmasini himoya qilish usullari hamda kibertahdid bilan kurashishda milliy darajadagi hamkorlikning ahamiyati muhokama etildi. Xorijlik mutaxassislarning axborot xavfsizligi mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi. Jumladan, internet tarmog‘iga ulanish, tizimlarni boshqarish imkoniga ega gadjet, qurilma va moslamalarning axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi. Mutaxassislar daladagi tadqiqotlar, laboratoriya sinovlari hamda xakerlik hujumi simulatsiyasi haqida so‘zlab berishdi.
– Biz O‘zbekiston bilan telekommunikatsiya sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik borasida katta tajribaga egamiz, – deydi Xalqaro elektraloqalar ittifoqining MDH mamlakatlari hududiy bo‘limi dasturi koordinatori Farid Naxli. – Mazkur seminar «IoT» buyumlar interneti sohasida xavfsizlikni ta’minlashga oid muhim masalalarni muhokama qilish uchun turli davlatlardan har xil yo‘nalish mutaxassislari va olimlarini yig‘ish imkonini berdi. Ishonchim komil, bu kiber tahdidga qarshi kurashishda mintaqaviy hamkorlik darajasini oshirishga xizmat qiladi. Seminar doirasida zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlari xavfsizligi, kiberxavfsizlik sohasida istiqbolli texnologiyalar va inson salohiyatini mustahkamlash masalalari ham ko‘rib chiqiladi.
O’zA