“KICHIK BIZNES MAHSULOTLARI VA USKUNALARI” XALQARO KO‘RGAZMASI TASHKIL ETILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Kichik biznes mahsulotlari va uskunalari” xalqaro ko‘rgazmasi tashkil etildi.
An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Kichik biznes mahsulotlari va uskunalari” xalqaro ko‘rgazmasida qurilish materiallari, avtomobilsozlik, kimyo, oziq-ovqat, tekstil tarmoqlari, tibbiyot, muqobil energiya manbalari, logistika hamda konsalting xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi yetmishdan ziyod mahalliy va xorijiy korxona o‘z mahsulot va xizmatlarini namoyish etdi.
Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari stendlari ko‘rgazmaga kelganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Xususan, yurtimizda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlari, milliy hunarmandlik namunalari yuqori baholandi.
Xalqaro ko‘rgazma doirasida davra suhbatlari, taqdimotlar, mahorat saboqlari va amaliy muzokaralar tashkil etildi.
"Jahon" AA