KICHIK BIZNESNI MOLIYAVIY QO‘LLAB-QUVVATLASH KENGAYTIRILMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki Respublikamizdagi eng ilg‘or banklardan biri bo‘lib, mijozlarga zamonaviy bank xizmatlarini taqdim etishda peshqadam bank hisoblanadi.
O‘zsanoatqurilishbank kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga alohida ahamiyat bermoqda. Xususan, 2015 yilning 1 avgust holatiga ko‘ra bank tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun 500,1 mlrd.so‘m miqdoridagi kreditlar ajratildi, deb xabar beradi “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlarning o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi fikrlari O‘zsanoatqurilishbank faoliyatining keyingi yuksalishi hamda strategik rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bank tomonidan ajratilgan kreditlar hisobiga ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Bunga Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan “Akmal Ikrom biznes” tashkiloti yorqin misol bo‘la oladi. Bu yerda yuqori sifatli gilam mahsulotlari tayyorlash uchun zarur bo‘lgan polipropilen iplar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
“O‘zsanoatqurilishbank moliyaviy ko‘magi yordamida gilam to‘qish uchun mo‘ljallangan polipropilen iplar ishlab chiqarish ko‘laminii kengaytirdik.
Hamkorligimiz davomida, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan nemis banklari kredit liniyalari hisobidan 680 ming EVRO dan ziyod kredit mablag‘lari ajratildi. Ajratilgan mablag‘lar hisaboga yuqori sifatli gilam mahsulotlarini tayyorlashda ishlatiladigan polipropilen ipini tayyorlaydigan uskunalar xarid qilindi.
Bugungi kunda mazkur uskunalarni o‘rnatish bo‘yicha montaj ishlari olib borilmoqda. Loyihani ishga tushirish orqali qo‘shimcha 17 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi”.
“Jahon” AA