KICHIK SANOAT ZONALARI IQTISODIY TARAQQIYOTNING FAOL ISHTIROKCHISI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkent shahar hokimligida «Binolardan foydalanish departamenti» davlat korxonasi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda departament faoliyati, poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan kichik sanoat zonalari haqida ma’lumot berildi.
Departamentning asosiy faoliyat yo‘nalishi Toshkent shahridagi ma’muriy va boshqa turdagi binolar haqidagi ma’lumot bazasini shakllantirgan holda bo‘sh turgan hamda samarasiz foydalanilayotgan obyektlarni o‘rganib, davlat tashkilotlarini hamda tadbirkorlik subyektlarini joy bilan ta’minlashda ko‘maklashish, davlat mulkiga tegishli binolarni ekspluatatsiya qilishga qaratilgan. Ayni vaqtda departament poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyalarining muvofiqlashtiruvchisi hamdir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 18-maydagi «Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Mazkur qarorga asosan poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek, Olmazor, Chilonzor, Mirobod va Bektemir tumanlarida kichik sanoat zonalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda, Yakkasaroy, Yunusobod, Sergeli tumanlarida ular samarali ishlayapti.
«Yakkasaroy kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi» davlat unitar korxonasi direktori Rustam Nuraliyev ma’lumotiga ko‘ra, mazkur sanoat hududi 61,2 gektarni tashkil etadi. Hozir 301 tadbirkorlik subyekti bilan 10-yil muddatga ijara shartnomalari rasmiylashtirilgan. Ulardan 255 korxona ishlab chiqarish faoliyatini boshlab yuborgan.
Kichik sanoat zonasida tadbirkorlar tomonidan qog‘oz va yog‘ochni qayta ishlash, mashinasozlik, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqa ko‘plab mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan, ularni eksport qilishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu yerda 7 mingga yaqin ish o‘rni yaratilgan.
Matbuot anjumanida Sergeli va Yunusobod tumanlaridagi kichik sanoat zonalari faoliyati haqida ham ma’lumot berildi. xususan, umumiy maydoni 13 gektar bo‘lgan Sergeli kichik sanoat zonasida ayni paytda 2 ming 500 dan ortiq ish o‘rni mavjud. Yunusobod kichik sanoat zonasida 112 tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda.
Kichik sanoat zonalarida tadbirkorlar va xodimlar uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Yuridik va notarius xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan, mini bank, tibbiyot xonalari, "Go‘zallik salonlari", oshxonalar ishlamoqda.
O’zA