Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Kimlar sudya bo‘la oladi?

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Kimlar sudya bo‘la oladi?

2019 yil 10 sentabrda “Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida“gi qonun qabul qilindi.

Qonun bilan “Sudlar to‘g‘risida“gi va “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida“gi qonunlarga bir qator o‘zgartishlar kiritildi.

Endilikda “Sudlar to‘g‘risida“gi qonunga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, sudya bo‘lishning minimal yoshi 35 yosh etib belgilandi. Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasida turgan shaxslar Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida majburiy tartibda o‘qishi shartligi belgilandi.

Sudlarda qatnashadigan xalq maslahatchisining minimal yoshi ham 35 yosh etib belgilandi. Sudyalarni Prezident bilan kelishilgan holda tayinlash tartibi bekor qilinib, ushbu vakolat to‘laligicha kengash vakolatiga o‘tkazildi.

Endilikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining raislari va sudyalari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tayinlanadi. Shuningdek, harbiy sudlarning, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining raislari va sudyalari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi.

Sudyalarni Prezident bilan kelishilgan vakolatini muddatidan ilgari tugatish bo‘yicha tartibi bekor qilinib, ushbu vakolat to‘laligicha kengash vakolatiga o‘tkazildi. Harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyasining, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari raisining va sudyasining vakolatlari – Sudyalar oliy kengashi tomonidan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.

“O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonuniga quyidagi mazmundagi o‘zgartishlar kiritildi va kengash vakolatlari kengaytirildi:

Kengash raisining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va u bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabini boshqaradi.

Sudyalar oliy kengashi Oliy sudning sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnoma kiritadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, harbiy sudlarning sudyalik lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytirishi mumkin.

Sudyalar va o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Kengash a’zolariga nisbatan xizmat tekshiruvlari o‘tkazishi belgilandi. Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga kiritilish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kengashga bergan arizasi ikki oy ichida ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Zaxiraga sudyalik lavozimlari uchun zarur bilimga, yetarli hayotiy tajribaga va benuqson obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan yuqori malakali yuristlar orasidan o‘ttiz uch yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik ixtisos bo‘yicha kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kiritilishi mumkinligi belgilandi.

Xulosa qilib aytganda, ushbu qonun sudlar faoliyati samaradorligi va nufuzini oshirish, sudlar tuzilmasini hamda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. Pirovardida, bu fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarining ishonchli sud himoyasini ta’minlash samaradorligini oshiradi.

O‘zA