Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

KINOIJODKORLAR BILAN UCHRASHUVLAR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
KINOIJODKORLAR BILAN UCHRASHUVLAR

Samarqandda Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘zbek milliy kino san’ati festivali bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekkino” milliy agentligi va Samarqand viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda yurtimizdagi taniqli kino va teatr aktyorlari, rejissyorlar, san’atshunoslar ishtirok etdi.

Festivalning ochilish marosimida Prezidentimiz rahnamoligida teatr va kino san’atini rivojlantirish, xodimlar ijodini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Bu milliy qadriyatlarimizga mos, tarbiyaviy ahamiyatga ega filmlar, sahna asarlari yaratishga xizmat qilmoqda.

– Davlatimizning alohida e’tibori tufayli milliy kino san’atimiz rivojlanib, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni turli yot g‘oya va illatlardan asrashga qaratilgan ko‘plab badiiy filmlar yaratildi, – deydi O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov. – Bunday kartinalarni kattayu kichik qiziqish bilan tomosha qilmoqda, zarur xulosalar chiqarmoqda. Kinofestival doirasida joylarda o‘tkazilgan uchrashuvlarda tomoshabinlar ana shu filmlar haqida o‘z fikrini bildirib, yangi taklif va g‘oyalar berayotir. Shu jihatdan festival biz, san’at ahli uchun muxlislar bilan fikr almashish, kelgusi ijodiy rejalarimizni belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Festival ishtirokchilari viloyatdagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, mahallalar, kinoteatrlarda ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazdi. Samarqand shahridagi “Sharq yulduzi” kinoteatrida rejissyor Z.Musoqovning “Xazonrezgi” badiiy filmi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Festival kunlarida mehmonlar Samarqand viloyati shahar va qishloqlarida o‘tkazilgan Navro‘z sayillarida qatnashdi.

WWW.UZA.UZ