Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

KIRIB KELAYOTGAN BAYRAM RUHIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
KIRIB KELAYOTGAN BAYRAM RUHIDA

Poytaxtimizning G’afur G’ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog’ida “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim - O’zbekistonim!” shiori ostida «O’zbekiston - umumiy uyimiz» deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi, deb xabar beradi shahar hokimligining matbuot xizmati.

Eng ulug’, eng aziz bayram - Vatanimiz mustaqilligining 24 yilligiga bag’ishlangan mazkur tadbir Respublika Baynalmilal madaniyat markazi, «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi va qator tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikda uyushtirildi. Unda yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan milliy madaniyat markazlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yozuvchi va shoirlar, badiiy jamoalar, mahalla faollari, yoshlar ishtirok etdi.

Bosh qomusimizda mamlakatimizda barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, bir xil huquq va erkinlikka ega ekani belgilangan. Bu turli millat va elat vakillarining shu yurtning teng huquqli farzandi sifatida yashab, mehnat qilishida, xalqimiz farovonligi va Vatanimizning taraqqiyotini ta’minlashga hissa qo’shishida muhim omil bo’layotir.

Tadbir doirasida milliy madaniyat markazlari tomonidan tasviriy va amaliy san’at asarlari, milliy taomlar va liboslar ko’rgazmasi tashkil etildi. Turli xalqlarga xos urf-odatlar namoyishi, milliy madaniyat markazlari qoshidagi folklor jamoalarning kuy-qo’shiqlari barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyat baxsh etdi.

“Jahon” AA