KITOB – ENG YAQIN DO‘ST
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizdagi “Yoshlik” talabalar shaharchasida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida “Yoshlar tarbiyasida kitobning o‘rni” mavzuida tadbir o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibоt qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi yuzasidan tashkil etilgan tadbirda talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar, shoir va yozuvchilar hamda yosh ijodkorlar ishtirok etdi.
Xalqimiz o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, yoshlarda kitob o‘qish ko‘nikmasini rivojlantirish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotir.
Bunday ijodiy kechalar o‘quvchi-yoshlarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda. O‘zbek adabiyotining yetakchi namoyandalari, shoir va yozuvchilar bilan uchrashuv yoshlarning badiiy adabiyotga qiziqishini kuchaytiradi.
Tadbirda kitobning inson kamolotida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritildi. U orqali inson o‘tmishi, dunyoni, o‘zligini anglashi ta’kidlandi.
O’zA