KIYEVDA O’ZBEK MILLIY LIBOSLARI NAMOYISHI BO’LIB O’TDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligiga bag’ishlab Ukrainaning Kiyev shahrida yurtimizning turli viloyatlariga mansub an’anaviy liboslar namoyishi o’tkazildi.
Diplomatik korpus vakillari ishtirok etgan mazkur tadbir mamlakatimizning Ukrainadagi elchixonasi hamda “Ambassador’s Spouses Club Kiev” tomonidan tashkil qilindi.
Ko’rgazmada milliy matolar, kelin-kuyov liboslari kolleksiyasi hamda an’anaviy uslubda ishlangan zargarlik taqinchoqlari keng namoyish etildi. Bundan tashqari, tadbirda ilk marotaba “O’zbekiston hududlari liboslari ko’hna an’analarining qayta tug’ilishi” nomli katalog namoyish etildi.
Ko’rgazma chog’ida hozirgi tez rivojlanayotgan davrda O’zbek milliy liboslari o’z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko’tarilganligi ta’kidlab o’tildi. Milliy liboslar shohonalik va nafislikni o’zida jam qilgani holda nafaqat kundalik hayotda, balki tantanalarda, teatr namoyishlarida, vokal va raqs ansambllarida keng foydalanib kelinmoqda. Shuni inobataga olgan holda tadbirda professional ijodiy jamoa raqs yordamida milliy liboslarni namoyish etdi. Dizaynerlarimiz tomonidan zamonaviy elementlar bilan boyitilgan “Etno” uslubidagi (paranji, to’n, chopon va boshqa) tarixiy-milliy liboslarimiz namoyishi o’tkazildi. Dizaynerlarimiz asrlarga borib taqaluvchi O’zbek xalqi an’analari hamda moda dunyosining so’nggi g’oyalarini noyob darajada uyg’unlashtira oldilar.
Tadbirda ishtirok etgan Indoneziyaning Ukrainadagi elchisi Ninik Kun Nariyatining ta’kidlashicha, u o’zbek madaniyati bilan yaqindan tanish bo’lgani holda Indoneziya va O’zbekiston o’rtasida ko’plab o’xshashliklar mavjud ekanini aytib o’tdi. Shu o’rinda mazkur o’xshashliklar xalqlarimiz e’tiqod qilib keladigan islom madaniyati bilan bevosita bog’liq ekaniligini alohida ta’kidladi.
N.Nariyati O’zbekiston hukumati tomonidan milliy an’analarni asrab-avaylash va an’anviy to’qimachilikni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor alohida e’tirofga loyiq ekanligini bildirib o’tdi.
Joriy yilning avgust oyida bo’lib o’tgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali qatnashchisi, “OUTLOOK World Culture Festival” loyihasi rahbari Darya Koryakinaning ta’kidlashicha, har bir xalq uchun uning milliy ongini belgilovchi tarixiy ildizlari muhim ahamiyat kasb etadi.
“Bugungi tadbir barchamizga O’zbekistonning boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Bu singari tadbirlar o’zaro ma’naviy boylikni yuksaltirishga hamda xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlash uchun zamin yaratishiga ishonaman”.
“Jahon” AA, Kiyev