Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“KNAUF” KOMPANIYASI O’ZBEKISTONNI QUTLAYDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“KNAUF” KOMPANIYASI O'ZBEKISTONNI QUTLAYDI

Xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy, ishbilarmon, ekspert, madaniy-gumanitar va jamoatchilik doiralari vakillari tobora yaqinlashib kelayotgan O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yillik bayrami munosabati bilan mamlakatimiz xalqi va rahbariyatiga o’zlarining samimiy qutlovlarini yo’llashmoqda.

Germaniyadagi “KNAUF” kompaniyasining direktori Manfred Grundke yurtimiz ahlini ushbu muborak sana bilan tabriklar ekan, quyidagi fikr va mulohazalarini bayon etdi:

— O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan kunning 24 yillik bayramini nishonlashga qizg’in hozirlik ko’rmoqda. Mamlakat tarixan qisqa davr mobaynida barcha sohalarda ulkan qadamlarni tashlashga muvaffaq bo’ldi.

Shu o’rinda alohida faxr bilan aytishni istar edimki, mana ko’p yillardan buyon boshqa nemis kompaniyalari qatorida “KNAUF” ham O’zbekistonda muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritmoqda. Biz o’zaro hamkorligimiz natijalaridan juda mamnunmiz.

O’zbekistondagi faoliyatimizdan orttirgan tajribamiz shuni ko’rsatmoqdaki, respublika katta iqtisodiy salohiyatga egadir. Shu jumladan, sarmoyaviy sohada ham.

Hozirgi paytda kompaniyamizning O’zbekiston bozoridagi ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish yuzasidan o’zbek hamkorlarimiz bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Ishonchim komilki, bugungi kunda amal qilayotgan va kelajakda hayotga tadbiq etiladigan qo’shma loyihalarimiz ham uzoq muddatli va o’zaro manfaatli bo’ladi.

Shuni ham ta’kidlash o’rinli bo’ladiki, “KNAUF” joriy yilning fevralida ta’sis etilgan Germaniya -O’zbekiston ishbilarmonlik kengashining a’zolaridan biri hisoblanadi. Mamlakatlarimiz o’rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada faollashtirish uchun ko’maklashishga da’vat etilgan mazkur kengash o’z vaqtida tuzildi, deb hisoblayman. Umid qilamanki, Germaniya -O’zbekiston ishbilarmonlik kengashi faoliyati doirasida hamda o’zbek sheriklarimiz bilan ikki tomonlama muzokaralar vositasida O’zbekistonda nemis biznesi ishtirokini kengaytirish uchun muhim bo’lgan barcha masalalarni hal etamiz.

Shunisi ham quvonarliki, O’zbekistonda aholi farovonligi darajasini yuksaltirish va barqaror rivojlanishni ta’minlashga yo’naltirilgan keng qamrovli demokratik o’zgarishlar ro’y bermoqda. 2015 yil O’zbekistonda “Keksalarni e’zozlash yili”, deb e’lon qilingani mamlakat rahbariyatining ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti barpo etish tamoyillariga sodiq ekanligidan dalolat beradi. Bilim va tajribalar avlodlardan avlodlarga o’tishiga alohida e’tibor qaratilmoqdaki, bu darhaqiqat yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun juda zarur bo’lgani barobarida kelajakda qo’lga kiritilajak muvaffaqiyatlarning garovi ham hisoblanadi.

Ushbu imkoniyatdan foydalanib, “KNAUF” kompaniyasi jamoasining barcha a’zolari hamda o’z nomimdan O’zbekiston xalqini Mustaqillikning 24 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman. O’zbekistonga tinchlik, farovonlik va gullab-yashnash barqaror bo’lishini tilayman.

“Jahon” AA, Berlin