KO‘NGILLARDA BAYRAM SHUKUHI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Prezidentimizning 2016-yil 2-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Toshkent shahrida ham qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Bunday tadbirlarda istiqlol yillarida poytaxtimiz qiyofasi tobora chiroy ochib, go‘zallashayotgani, odamlarning hayotdan roziligi, ertangi kunga ishonchi ortib borayotgani, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning mohiyati va ahamiyatini yurtdoshlarimizga yetkazish, ularni yangi marralar sari ruhlantirishga e’tibor qaratilayotir.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirda istiqlol yillarida Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda erishilgan yutuqlar haqida hikoya qiluvchi ko‘rgazmali chiqishlar, fototasvirlar namoyish etildi. Shahar xalq ta’limi tizimi muassasalari tomonidan qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlarni o‘zida aks ettirgan ko‘rgazmalar tashkil qilindi.
Gul sayli, milliy qo‘g‘irchoqlar, hunarmandlik va non mahsulotlari ko‘rgazmalari Vatanimizdagi tinchlik-xotirjamlikni, to‘kinlikni o‘zida namoyon etdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov va boshqalar xalqimizning ijtimoiy-iqtisodiy va bunyodkorlik sohasida erishayotgan yutuqlari haqida so‘zladi.
Tadbirda Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan ilg‘or ishchi-xizmatchilar taqdirlandi. Sport bo‘yicha Osiyo va jahon chempionlari, turli yo‘nalishdagi davlat mukofotlari sovrindorlarining chiqishlari, xalq hofizlari ijrosidagi mumtoz kuy va qo‘shiqlar, taniqli estrada xonandalari, teatr aktyorlari, askiyachilar, folklor jamoalari, yosh ijrochilarning chiqishlari yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
– Biz baxtli avlodmizki, shunday bir ulug‘ tarixiy davrda yashayapmiz, – deydi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Diyor Mavlonov. – Istiqlolimizning har bir yili ulkan o‘zgarishlar, tarixiy voqealarga boy bo‘layotir. Yurtboshimiz rahnamoligida erishilayotgan bunday ulkan yutuqlar mana shu tantanalar shukuhida, yurtdoshlarimizning ochiq chehrasida ham yaqqol ko‘rinib turibdi.
O’zA