KO’RGAZMA MUXLISLAR E’TIBORIGA SAZOVOR BO’LDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko’rgazmalar zalida “San’atkorlar sulolasi” deb nomlangan ko’rgazma tashkil etildideb xabar beradi O’zbekiston Milliy axborot agentligi.
Unda O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi Sa’dulla Abdullayev hamda uning farzandlari - Jamshid Abdullayev, Fotima Ibrohimova, Zuhra Umarova ijodiga mansub asarlar tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan.
O’zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ijodkorlarni har jihatdan qo’llab-quvvatlash, ularning erkin va samarali faoliyat ko’rsatishi uchun barcha zarur imkoniyatlarni yaratishga doimiy e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Musavvir S.Abdullayev Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida talabalarga tasviriy san’atdan saboq berib kelmoqda. Rassom ijodida portret janri asosiy o’rin egallasa-da, uning qadimiy shaharlarimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz aks ettirilgan asarlari ham tomoshabinlar mehriga sazovor bo’lgan.
Musavvirning o’g’li Jamshid Abdullayev - me’mor, qizlari Fotima Toshkent davlat texnika universitetida, Zuhra Milliy rassomlik va dizayn institutida yosh tadqiqotchi-pedagog sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. J.Abdullayev ijodida me’moriy eskizlar bilan birga, tabiat manzaralarini aks ettirish yetakchilik qiladi. Fotima va Zuhra tasviriy san’atning natyurmort yo’nalishidagi ijodiy ishlar bilan birga, milliy liboslar dizayni bo’yicha ijod namunalarini tomoshabinlar hukmiga havola etgan.
Ko’rgazmada ijodkorlar sulolasining ko’plab kartinalari namoyish etilgan. Ayniqsa, «Tonggi suhbat», «Samarqand. Shahar manzarasi», «G’azal bo’stoni», «Oftalmolog M.Komilov portreti», «Xotira», «Tog’larga yo’l» singari asarlar mavzu va uslubining rang-barangligi bilan muxlislar e’tiboriga sazovor bo’lgan.
"Jahon" AA