Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

KOMISSIYA A’ZOLARI UCHUN SEMINAR-TRENING

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
KOMISSIYA A'ZOLARI UCHUN SEMINAR-TRENING

Namangan viloyati tuman va shaharlarida uchastka saylov komissiyalari a’zolarining huquqiy bilimini yanada oshirish, komissiyalar faoliyati samaradorligini yuksaltirishga qaratilgan seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

Ularda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va okrug saylov komissiyasi a’zolari, ekspertlar tomonidan saylov uchastkalarida saylovchilar ro‘yxatini e’lon qilish, zarur hollarda unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, muddatidan oldin ovoz berish tartib-qoidalari, saylov kuni ovoz berishni tashkil etish, kuzatuvchilarning vakolatlari haqida tushuncha berilmoqda.

Namangan shahridagi 114-saylov uchastkasida bo‘lib o‘tgan seminarda shahardagi uchastka saylov komissiyalari raislari va kotiblari ishtirok etdi. Saylovchilarga taklifnoma tarqatish, muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish, saylov kuni amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan qonun talablari tushuntirildi.

Seminar-trening ishtirokchilari 7-umumta’lim maktabi binosida joylashgan mazkur saylov uchastkasida komissiyaning samarali faoliyat ko‘rsatishi va saylovchilarning ovoz berishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

– Uchastkamiz saylovni tegishli qonunchilik talablari asosida o‘tkazishga tayyor, – deydi 114-uchastka saylov komissiyasi raisi F. Ramazonova. – Ro‘yxatga olingan 2 ming 791 saylovchining ovoz berishi uchun yettita kabina o‘rnatildi. O‘n nafarga yaqin nogiron va bemor yotgan saylovchining ovoz berishini tashkil qilish uchun ko‘chma qutilar tayyorlab qo‘yildi. Tibbiyot xonasida shifokor va hamshiraning navbatchiligi tashkil etilib, 22 turdagi dori-darmon vositalari bilan ta’minlandi. Bolalar xonasi turli o‘yinchoqlar bilan jihozlandi.

Namangan shaharida 389 ming 349 saylovchi, jumladan, 12 ming 876 nafar birinchi marta ovoz beradigan yoshlar ro‘yxatga olingan. Ularning o‘z konstitutsion huquqini amalga oshirishi, o‘zi tanlagan nomzodga ovoz berishi uchun 140 saylov uchastkasi tashkil etilgan.

Seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomondan atroflicha javob qaytarildi.

O’zA