Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

KOMISSIYA A’ZOLARI UCHUN SEMINAR-TRENINGLAR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
KOMISSIYA A'ZOLARI UCHUN SEMINAR-TRENINGLAR

Surxondaryo viloyatida uchastka saylov komissiyalari a’zolarining huquqiy bilimini oshirish, komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

Termiz shahridagi 243-saylov uchastkasida bo‘lib o‘tgan shunday tadbirda 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasi raisi A.Ahmedov, Markaziy saylov komissiyasi eksperti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri G.Malikova va boshqalar mamlakatimizda xalqaro demokratik me’yorlarga mos mustahkam milliy saylov tizimi yaratilganini alohida ta’kidladi. Ayni paytda joylarda tashkil etilgan uchastka saylov komissiyalarining adolat va demokratik tamoyillar asosida faoliyat yuritayotgani buning yorqin tasdig‘idir.

Seminar-treningda tajribali ekspertlar uchastka saylov komissiyalarida hujjat yuritish, saylov uchastkalarini jihozlash, saylovchilar ro‘yxatini tuzish va unga o‘zgartishlar kiritish, muddatidan oldin ovoz berish hamda saylov kuni ovoz berishni tashkil etish, saylovchilar o‘rtasida saylov qonunchiligini targ‘ib qilish singari muhim vazifalar bo‘yicha tushunchalar berdi. Uchastka saylov komissiyalari a’zolarining huquq va vakolatlari, kuzatuvchilar institutining ahamiyati, ommaviy axborot vositalarining saylov jarayoni oshkoraligini ta’minlashdagi roli kabi jarayonlarga e’tibor qaratildi.

– Qiziqarli o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini uyushqoqlik bilan o‘tkazish yuzasidan bilim va ko‘nikmamizni yanada mustahkamladik, – deydi Termiz shahridagi 243-uchastka saylov komissiyasi raisi Muxtor Norqulov. – Uchastkalarda saylovchilar uchun barcha zarur qulayliklarni yaratish, ona va bola, tibbiyot xonalarini jihozlash bo‘yicha berilgan tavsiyalar ham ayni muddao bo‘ldi.

Bunday seminar-treninglar viloyatning barcha tumanlarida o‘tkazilmoqda.

O’zA