KONSTITUTSIYAMIZ – HUQUQ VA ERKINLIKLARIMIZ HAMDA FAROVONLIGIMIZ KAFOLATI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan diyorimizning turli hududlarida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligiga bag’ishlangan tadbirlar o’tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Xorazm viloyatida tashkil etildi.
“Konstitutsiya – ayol huquqlarining kafolati” mavzusidagi seminarda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xotin-qizlar kengashi, tarmoq va hududiy kasaba uyushma tashkilotlarining Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyalari a’zoalri, olim va mutaxassislar, huquqshunoslar, hamda kasaba uyushma faollari qatnashdilar.
Tadbirda Asosiy Qonunimiz – mamlakatimiz Konstitutsiyasida fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari kafolatlanganligi, bu borada yurtimizda olib borilayotgan tizimli ishlar alohida e’tirof etildi. Xususan, mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish barcha jabhalardagi islohotlar jarayonida yaqqol namoyon bo’layotganligi ta’kidlandi. Muhimi, islohotlar negizidan eng avvalo inson huquqlari va erkinliklari, uning qonuniy manfaatlari ustuvorligi o’rin egallagan. Shu bois mamlakatimizda inson manyaaatlari yo’lida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi bugun xalqaro miqyosda ham e’tirof etilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko’rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir” deyilgan. 46-moddada esa “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar” deb belgilab qo’yilgan.
Mamlakat kasaba uyushmalari xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash, ular uchun mehnatni bola tarbiyasi bilan uyg’un holda olib borish borasida yetarli sharoitlar yaratish yo’nalishlarida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan jamoa shartnomalariga «Ayollar mehnatini tartibga solish. Ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg’ul shaxslarga beriladigan qo’shimcha imtiyoz va kafolatlar» bo’limi kiritilib, xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va kafolatlar ko’lami kengaytirildi. Natijada jamoa shartnomalari orqali bugun xotin-qizlarning yangi kasblarga o’qitilishi ta’minlanmoqda. Kichik yoshdagi farzandlari bor ayollarga qisqartirilgan ish vaqti belgilash, haq to’lanadigan homiladorlik va tug’ish ta’tillari kunini uzaytirish, 2 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bola parvarishi ta’tilidagi ayollarga har oyda moddiy yordam ko’rsatish, 2 yoshgacha farzandi bo’lgan ayollarga haq to’lanadigan tanaffuslar berish imtiyozlari qo’llanilmoqda. Shuningdek, korxona, tashkilot va muassasalarda homilador ayollarni ishga qabul qilish uchun ma’lum miqdorda ish o’rinlari ajratish, ayollarni bepul tibbiy ko’rikdan o’tkazish, xavfsiz mehnat sharoitlarini tashkil etish, 12 yoshgacha farzand tarbiyasi bilan band bo’lgan ishlovchi ayollarga qo’shimcha mehnat ta’tillari kuni yoki qo’shimcha dam olish kuni berish kabi tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Raqamlarga murojaat etsak, bugungacha jamoa shartnomalari orqali 2 yoshdan 3 yoshgacha farzandlari bo’lgan 38 ming nafardan ortiq yosh onaga moddiy yordam ko’rsatildi. Nodavlat mulk shaklidagi korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan 26,5 ming nafardan ziyod bolali ayollarning oylik maoshi saqlangan holda ish haftasi 1 soatga qisqartirildi. 1 ming 672 nafar yosh ayollar uchun homiladorlik va tug’ish ta’tillari kuni uzaytirildi. Shuningdek, yakka-yolg’iz va ko’p bolali ayollar, o’n to’rt yoshgacha yoki nogiron bolasi bo’lgan onalar, pensiyaga chiqish arafasidagi ayollar hamda kollejni bitirayotgan qizlar uchun ish o’rinlari zahirasi yaratilishi bo’yicha jamoatchilik nazorati o’rnatildi. Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etishga va ular ish haqini kamaytirishga yo’l qo’ymaslik, mehnat sharoiti noqulay ishlarda ayollar mehnati qo’llanishini taqiqlash kabi qat’iy me’yorlarning to’liq qo’llanishi ta’minlandi.
Kasaba uyushmalari tomonidan ijtimoiy sheriklik asosida kasanachi ayollarning mehnat huquqi va manfaatlarini himoya qilish borasida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, jamoa shartnomalaridagi imtiyoz va kafolatlardan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari xodimlari, kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikda band bo’lgan ayollarning ham to’laqonli foydalanishi ta’minlanmoqda. Bu boradagi ishlar sifati va samaradorligini oshirish maqsadida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida Xotin-qizlar kengashi, tarmoq va hududiy kasaba uyushma tashkilotlarida Xotin-qizlar komissiyalari faoliyati yo’lga qo’yildi. Ular tomonidan, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha korxona, tashkilot va muassasalarda ishlovchi xotin-qizlarga munosib va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilishi ustidan jamoatchilik nazorati olib borilmoqda. Shuningdek, jamoa shartnomalarini ekspertizadan o’tkazish jarayonida ular ishtiroki ta’minlanib, xotin-qizlar uchun yangi imtiyoz va kafolatlar, munosib mehnat sharoitlari yaratilishiga erishilmoqda.
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi xotin-qizlarning uy yumushlarini yengillashtirish, ular hayoti sifatini oshirishga ham munosib hissa qo’shmoqda. Xususan, joriy yilda respublikamiz hududlarida istiqomat qilayotgan ietimoiy himoyatalab 2 ming nafardan ortiq xotin-qizlar muzlatgich, kir yuvish mashinalari, changyutgich, mikroto’lqinli pech kabi elektr maishiy texnika jihozlari bilan ta’minlandi.
Xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash masalasi ham kasaba uyushmalarining doimiy e’tiboridadir. Tizimdagi sanatoriylarda sog’lomlashtirilayotgan aholi vakillarining qariyb 60 foizini ayollar tashkil etadi. Ijtimoiy yo’naltirilgan Davlat dasturlari doirasida ehtiyojmand oilalardan bo’lgan ayollar bepul sog’lomlashtirilib, imtiyozli yo’llanmalar asosida fertil yoshidagi xotin-qizlarning salomatligi mustahkamlanmoqdadi. Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan «Ona va bola» yo’llanmalari joriy etilib, onalar va bolalarning birgalikda sog’lomlashtirilishi ta’minlanmoqda.
Seminarda mazkur yo’nalishlarda olib borilayotgan tizimli ishlar mamlakatimizda Davlatimiz rahbari rahnamoligida amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy himoya siyosatining va keng ko’lamli islohotlar samarasi ekanligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir ishtirokchilariga olim va mutaxassislar tomonidan Asosiy Qonunimiz xalqchil huquqiy hujjat sifatida ijtimoiy-siyosiy sohada keng imkoniyatlar yaratib berayotgani to’g’risida tahliliy ma’lumotlar berildi. Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalangan holda kasaba uyushmalari tomonidan ijtimoiy sheriklik asosida turli soha xodimlarining, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlari himoyasini kuchaytirish yo’nalishida olib borilayotgan tizimli ishlar to’g’risida fikr va mulohazalar yuritildi.
Seminarda xotin-qizlar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda kelgusida kasaba uyushmalari oldida turgan vazifalar xususida ham fikr yuritildi. Ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.