Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

KONSTITUTSIYAVIY ODIL SUDLOV ASOSLARI MUSTAHKAMLANMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
KONSTITUTSIYAVIY ODIL SUDLOV ASOSLARI MUSTAHKAMLANMOQDA

Konstitutsiyaviy sudlar insonning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, davlat hokimiyati tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatini barpo etish, Konstitutsiyaning ustunligini ta’minlash hamda uni maxsus muhofaza qilish maqsadida yaratilgan.

Milliy va xorijiy ekspertlarning fikricha, konstitutsiyaviy odil sudlov demokratik davlatchilikning muhim sifat belgisidir. Konstitutsiyaviy odil sudlov konstitutsiyaviy nazoratning oliy shakli, zamonaviy demokratik davlatning alohida talabi, zaruriy institutidir. Konstitutsiyaning ustunligini ta’minlash hamda mamlakatimizda qonuniylik muhitini, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlarini yaratishning ishonchli garovidir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sud hokimiyatining alohida tarmog‘i bo‘lib, uning faoliyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligini nazorat qilishga qaratilgan.

2017-yil 1-iyunda matbuotda e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida (80, 93, 108 va 109-moddalariga)» va «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi qonunlar konstitutsiyaviy sudlovni zamon talabiga muvofiq takomillashtirishga qaratilgan. Zero, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq sud-huquq sohasida ham tub islohotlar amalga oshirilayotir. Bu jarayonda Konstitutsiyaviy sud faoliyatini takomillashtirishga ham ehtiyoj tug‘ildi.

Sohaga oid yangi qonun Konstitutsiyaviy sud faoliyatining samaradorligini va nufuzini oshirish, mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Chunki shu asosda mazkur sudning vakolatlari kengaytirilib, uni shakllantirish tartibi yanada demokratlashtirildi.

Yangi qonun “konstitutsiyaviy qonun” maqomiga ega bo‘ldi. Qonunda Konstitutsiyaning ustunligi, taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi kabi yangi prinsiplar o‘z ifodasini topdi. Har bir prinsipning mazmun-mohiyati alohida moddalarda ochib berildi.

Konstitutsiyaning ustunligi prinsipiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Konstitutsiyaviy sud o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustunligini, qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi hokimiyatning hujjatlarida inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligiga doir konstitutsiyaviy prinsipning va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boshqa normalarining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlashga da’vat etilgandir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev hayotimizning o‘zi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng asosiy maqsad – inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash masalasini dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda, degan edi. Shu ma’noda qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi hokimiyatning hujjatlarida inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligiga doir konstitutsiyaviy prinsipning ro‘yobga chiqarilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgani muhim ahamiyat kasb etadi.

Jahon konstitutsiyaviy sudlari tarixidan ma’lumki, mazkur sudlarning jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni, davlat hokimiyati tizimida muvozanatni ta’minlashdagi roli, amalga oshiradigan vakolatlarining siyosiy-huquqiy ahamiyatidan kelib chiqib, uning a’zolariga boshqa sudlar sudyalariga nisbatan yosh va malaka talablari yuqori qo‘yiladi.

Yangi qonunda Konstitutsiyaviy sud sudyasining sudyalik lavozimida bo‘lishiga oid yosh senzi belgilandi. Demak, bu borada eng yuqori yosh – yetmish yoshni tashkil etadi. Konstitutsiyaviy sudning sudyasi lavozimiga nomzodga qo‘yiladigan talablarga ko‘ra, siyosat va huquq sohasi mutaxassisi bo‘lgan, yuksak ma’naviy fazilatlarga va zarur malakaga ega bo‘lgan, o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Konstitutsiyaviy sudning sudyasi etib saylanishi mumkin.

Yosh senzining 30 yoshdan 35 yoshga o‘zgartirilgani o‘ziga xos ahamiyatga ega. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu yoshda shaxsning bilim va tajribasi yanada oshgan, hayotga bo‘lgan qarashlari ham to‘laqonli shakllanib, muayyan hajm va mazmundagi ishlarni maromida amalga oshirish imkoniyati ortgan bo‘ladi.

Qonunga muvofiq, ayni bir shaxs ikki martadan ortiq Konstitutsiyaviy sudning sudyasi etib saylanishi mumkin emas.

O‘zgarishlardan yana biri Konstitutsiyaviy sud sudyalarining saylanishi bilan bog‘liq. Avval sudyalar Prezidentning taqdimiga binoan Senat tomonidan sud raisi, rais o‘rinbosari va Konstitutsiyaviy sudning a’zolaridan iborat tarkibda saylangan. Endilikda Konstitutsiyaviy sud sudyasi Prezidentning taqdimiga binoan Senat tomonidan Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan shaxslar orasidan saylanadi.

Konstitutsiyaviy sud raisi va uning o‘rinbosari Konstitutsiyaviy sud majlisida uning sudyalari orasidan saylanadi. Ya’ni Konstitutsiyaviy sudning raisi va uning o‘rinbosari Senat tomonidan saylanmaydi. Rais va uning o‘rinbosarini sudyalarning o‘zlari ichlaridan saylashlari yanada demokratik tabiat kasb etadi. Bunday holat xalqaro standartlarda yuksak e’tirof etiladi.

Konstitutsiyaviy sudning sudyalari avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida qasamyod qilishi belgilangan bo‘lsa, endi Senat majlisida Konstitutsiyaviy sudning sudyasi saylangan paytda qasamyod qiladi. Bu oqilona yechim bo‘lib, sudyaning qasamyod qilish vaqti aniqlashtirilgani ushbu taomil vaqtida bajarilishini ta’minlaydi. Avval sudyalar qachon qasamyod qilishi aniq belgilab qo‘yilmagan edi.

Yangi qonunda raisning vakolatlari bayon etilgan. Bunda alohida ta’kidlash joizki, raisning boshqa sudyalardan ustunlik tomoni mavjud emas. Faqatgina ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Konstitutsiyaviy sud avval faqat Prezident farmonining Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash vakolatiga ega bo‘lgan bo‘lsa, endilikda bunga qarorlar va farmoyishlar ham kiritildi. Shuningdek, Konstitutsiyaviy sud konstitutsiyaviy qonunlar, xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarning imzolanguniga qadar Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash vakolatiga ega bo‘ldi. Oliy sudning muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaatlarini ko‘rib chiqadi. Har yili Oliy Majlis palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risida axborot taqdim etadi.

Jahon konstitutsiyaviy sudlari amaliyotiga nazar tashlasak, ular “ex-ante”, ya’ni hujjat imzolanmasidan avvalgi va “ex-post”, ya’ni hujjat kuchga kirganidan keyingi nazoratni amalga oshiradi. O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy sud avval hujjat kuchga kirganidan keyingi nazoratni amalga oshirib kelayotgan edi. Endilikda konstitutsiyaviy qonunlar, xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlar imzolanguniga qadar dastlabki nazoratdan o‘tkaziladi.

Mamlakatimizda Oliy sud fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi bo‘lib, quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish hamda Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqlariga ega. Shundan kelib chiqib, umumiy yurisdiksiya sudlarida shunday ehtiyoj tug‘ilganida Oliy sud orqali Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish imkoniyati qonunan mustahkamlandi.

Konstitutsiyaviy sudga har yili Oliy Majlis palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risida axborot taqdim etish vakolatining kiritilishi har tomonlama to‘g‘ri bo‘ldi.

Mazkur axborot Oliy Majlisga qonunlar sifatini oshirishda hamda ularning bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda, davlat boshlig‘iga esa kafillik funksiyasini bajarishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Qonundagi muhim jihatlardan yana biri – Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar doirasiga o‘zgartirish kiritildi. Endilikda Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) ham bunday huquqqa ega bo‘ldi.

Oliy Majlis palatalari kollegial organ ekanligi hamda palatalar masala kiritish huquqiga ega bo‘lgan subyekt sifatida qayd etilganligi, bundan tashqari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari ham muayyan miqdordagi (kamida to‘rtdan bir qismi) deputatlar guruhi, senatorlar guruhi bilan masala kiritish huquqiga ega ekanliklarini hisobga olib Qonunchilik palatasining Spikeri, Senatning Raisi masala kirituvchi subyektlar qatoridan chiqarildi. Agar avval Oliy sud raisi masala kiritish huquqiga ega bo‘lgan bo‘lsa, mazkur organning kollegial idora ekanligidan kelib chiqib, endilikda Oliy sud bunday huquqqa ega ekanligi belgilab qo‘yildi.

Konstitutsiyaviy sudning faoliyatini moliyalashtirish Davlat byudjetida alohida satrda nazarda tutilishi belgilangandi. Bu ham Konstitutsiyaviy sudning davlat hokimiyati tizimida tutgan o‘rnidan dalolat bo‘lib, sudning moliyaviy mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Qonunda yuqoridagilardan tashqari Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish asoslari “Sudlar to‘g‘risida”gi qonundagi umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish asoslari bilan birxillashtirildi. Konstitutsiyaviy sud devoni, Konstitutsiyaviy sud huzurida tuziladigan ilmiy-maslahat kengashi huquqiy maqomi qonunan mustahkamlandi. Konstitutsiyaviy sudning qarorlari, xulosalari va boshqa hujjatlari mazkur sudning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi Konstitutsiyaviy sudning hujjatlari e’lon qilinadigan rasmiy manbaga kirishi, Konstitutsiyaviy sud sudyalari kiyim-boshining tavsifi va namunasi Senat tomonidan tasdiqlanishi belgilab qo‘yildi.

Xulosa qilib aytganda, bu me’yorlar Konstitutsiyaviy sud faoliyatining samaradorligini va nufuzini oshirishga xizmat qiladi. Konstitutsiyaning ustunligini ta’minlashga oid faoliyatni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishga zamin yaratadi.

O’zA