KONVENSIYA KUCHGA KIRDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 19-sentabr kuni 2013-yil 8-iyulda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Ispaniya Qirolligi o‘rtasida ikki yoqlama soliqqa tortishga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini to‘lashdan bosh tortishning oldini olish to‘g‘risidagi Konvensiya kuchga kirdi.
Konvensiya O‘zbekiston va Ispaniya yuridik va jismoniy shaxslarining o‘z davlatlarida yoki sherik davlatda olgan daromadlarini ikki marta soliqqa tortilmasligini ta’minlaydi. Shu yo‘sinda, mazkur xalqaro shartnoma o‘zaro investitsiyalarni jalb qilish hamda ikki davlat kompaniya va tadbirkorlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga imkon beradi.
Shuningdek, ushbu Konvensiya soliqqa oid huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida O‘zbekiston va Ispaniya soliq idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni ham nazarda tutadi.
Mazkur Konvensiyaning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.