KOREYA RESPUBLIKASI ELCHISI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2017-yilning 29-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Koreya Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kvon Yon Uni qabul qildi.
Suhbat davomida uzoq muddatli ikki tomonlama hamkorlikning yangi istiqbollarini belgilash imkonini bergan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi va yuqori va boshqa darajalardagi muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, suhbatda siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliya-investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda erishilgan o‘zaro mafaatli kelishuvlarni hamda ikki mamlakat yetakchi iqtisodiy tizilmalari o‘rtasida yirik tijorat shartnomalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishning amaliy masalalari muhokama qilindi.