KOREYA RESPUBLIKASI ELCHISI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Koreya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Li Uk Hon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Janubiy Koreya kun tartibining dolzarb masalalari hamda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2015-yil may oyida Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlar bo‘lajak ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlar va boshqa qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish muddatlari, shuningdek, “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” hamkorligi Forumining 9-yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdilar.