Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

KOREYA RESPUBLIKASI MILLIY ARXIVLARI TAJRIBASI O‘RGANILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
KOREYA RESPUBLIKASI MILLIY ARXIVLARI TAJRIBASI O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivida “Turli shakldagi arxiv hujjatlarini saqlash bo‘yicha Koreya Respublikasi Milliy arxivlari tajribasi” mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda markaziy va hududiy arxiv idoralari vakillari, oliy ta’lim muassasalarining huquqshunoslik va arxiv ishi bo‘yicha professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari, Koreya Respublikasi Milliy arxivlari xodimlari ishtirok etdi.

“O‘zarxiv” agentligi bosh direktori A.Abdullayev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda huquqiy, tashkiliy, moliyaviy jabhalarda yaratilgan keng imkoniyatlar arxiv ishini ravnaq toptirishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. Elektron hukumat, fuqarolar murojaatlariga oid milliy qonunchilikning muntazam takomillashayotgani sohaga ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish imkonini yaratmoqda.

“O‘zarxiv” agentligi va Koreya Respublikasining Milliy arxivlari bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda. 1999-yildan boshlab mamlakatimiz arxiv ishi mutaxassislari Janubiy Koreya Milliy arxivlari, KOIKA xalqaro tashkiloti tomonidan tashkil etiladigan arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha o‘quv kurslari, ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol qatnashmoqda. “O‘zarxiv” agentligi va Koreya Respublikasi Milliy arxivlari o‘rtasida memorandum imzolanishi ko‘zda tutilgan.

– O‘zbekiston boy tarixiy, ilmiy, madaniy merosga ega mamlakat, – deydi Koreya Respublikasi Milliy arxivlari prezidenti Sang Jing Li. – Mamlakatingizda arxiv ishiga e’tibor, mazkur sohada kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirishga oid g‘oyat keng qamrovli ishlar yo‘lga qo‘yilganining guvohi bo‘ldik. Arxivshunoslikka oid yaratilgan milliy qonunchilik, tashkiliy-texnikaviy asos, bajarilayotgan ishlar diqqatga sazovor.

Koreya Respublikasida arxiv ishi elektron hujjat almashish, elektron hukumat, raqamlashtirish, eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ilg‘or raqamli standartlarga o‘tish kabi yo‘nalishlarga asoslanadi.

Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivi faoliyati bilan tanishdi.

O‘zA