Koreya Respublikasi Prezidentining tashrifi yakunlandi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In 18-21 aprel kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻldi.
Avval xabar qilinganidek, Koreya Respublikasi Prezidenti 18 aprel kuni Toshkentdagi Inha universitetida Oʻzbekiston va Janubiy Koreya hamkorligida amalga oshirilayotgan telemeditsina loyihasining taqdimot marosimida ishtirok etdi.
Tashrifning asosiy voqealari 19 aprel kuni Koʻksaroy qarorgohida boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston bilan Koreya Respublikasi oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Oʻzbekiston – Janubiy Koreya munosabatlari oʻzaro hamkorlik tarixida mutlaqo yangi bosqichga – alohida strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi.
Tashrif doirasida umumiy qiymati 12 milliard dollardan ziyod qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirish boʻyicha bitimlar imzolandi.
Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tashrif buyurib, mamlakatimiz parlamenti aʼzolari oldida nutq soʻzladi.
Oliy martabali mehmon Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In “Oʻzekspomarkaz”da tashkil etilgan Oʻzbekiston – Janubiy Koreya biznes-forumining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Ushbu tashrif sharafiga “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida oʻzbek va koreys sanʼat ustalarining konsert dasturi tashkil etildi. Davlat rahbarlari unda rafiqalari bilan birga ishtirok etdi.
20 aprel kuni Toshkent shahrida Koreys madaniyati va sanʼati uyining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In rafiqalari bilan birga ushbu doʻstlik va madaniyat saroyini ochdi.
Mun Chje In shu kuni Samarqand shahriga keldi. Prezidentlar rafiqalari hamrohligida Samarqanddagi tarixiy obidalarni tomosha qildi.
Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In bugun mamlakatimizga tashrifini yakunlab, Samarqand shahridan joʻnab ketdi. Oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy shaxslari kuzatib qoʻydi.