Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

KOREYA RESPUBLIKASIDA “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEV” NOMLI KITOB CHOP ETILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
KOREYA RESPUBLIKASIDA “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEV” NOMLI KITOB CHOP ETILDI

Koreya Respublikasida Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimidagi faoliyatining birinchi yili haqida koreys tilida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev” nomli kitob 50 ming nusxada chop etildi.

Joriy yil 20-noyabr kuni nashr etilgan ushbu kitob 8 bo‘lim, 320 sahifadan iborat bo‘lib, ko‘plab suratlar bilan boyitilgan.

Nashrda Shavkat Mirziyoyevning avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, so‘ng Prezident sifatidagi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berilgan. Davlatimiz rahbarining mamlakatimiz va xorijda so‘zlagan nutqlari, jumladan, Prezident lavozimiga kirishish marosimi, Konstitutsiya bayrami, Yangi yil bayrami, BMT Bosh assambleyasi sessiyasidagi nutqidan iqtiboslar keltirilgan.

Kitobda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barcha sohalarda boshlangan juda muhim islohotlar tahliliga katta e’tibor qaratilgan. Iqtisodiyotning liberallashuvi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va himoyalash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar, valyuta bozorini liberallashtirish, aholining ijtimoiy himoyasi, viloyatlarga nisbatan yangi siyosat, so‘z erkinligi va konstitutsiyaviy huquq tamoyillarini himoya qilish, bularning barchasi Prezident Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan yangi islohotlarning dastlabki natijalaridir.

Kitobning “2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” nomli bobida ushbu dastur chuqur tahlil qilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosatdagi mintaqaviy hamkorlikning yangi sur’atiga turtki bo‘lgan, O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan aloqalarini yangi bosqichga olib chiqqan tashabbuslari haqida so‘z yuritilgan. O‘tgan bir yil davomida Prezident Shavkat Mirziyoyevning xorijiy davlatlarga tashrifi, O‘zbekistonga tashrif buyurgan bir necha davlat rahbarlari hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar yetakchilari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralari haqida atroflicha ma’lumot berilgan.

Koreys millatiga mansub vatandoshlarimizning O‘zbekistonda istiqomat qilayotganiga 80 yil to‘ldi va bu sana mamlakatimizda keng nishonlandi. Kitobda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi ko‘p yillik savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikka ham keng o‘rin ajratilgan.

Kitob “Uz Kor Economy Media Group” tomonidan chop etilgan. Uning muallifi mashhur jurnalist va yozuvchi Cho Chol Xyon.

www.uza.uz