Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“KOREYADA YARATILGAN, O‘ZBEKISTONDA ISHLAB CHIQARILGAN” SHIORI OSTIDA MAHSULOT ISHLAB CHIQARILMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“KOREYADA YARATILGAN, O‘ZBEKISTONDA ISHLAB CHIQARILGAN” SHIORI OSTIDA MAHSULOT ISHLAB CHIQARILMOQDA

Nukus shahrida ish boshlagan “Samsung” zavodiga kiraverishda tosh lavhaga shunday so‘zlar yozilgan: “Ushbu maishiy texnika vositalarini ishlab chiqarish zavodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 21-yanvardagi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomidagi tashabbusi asosida barpo qilindi. 2017-yil 14-oktabrda zavod dastlabki mahsulotini ishlab chiqardi”.

Nukus shahridagi sobiq “Nukus Remmash” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish va qo‘shimcha binolar qurish hisobiga barpo etilgan zavodda televizorning to‘rt va changyutgichning o‘n uch turi ishlab chiqarilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mazkur zavodni borib ko‘rdi.

Bugun “Samsung” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika vositalari kirib bormagan xonadon bo‘lmasa kerak. 200 dan ortiq kishi bandligini ta’minlangan zavod eng so‘nggi rusumdagi uskunalar bilan jihozlangan.

Prezidentimiz zavodning ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Mahsulotlar sifati va ko‘lami bilan qiziqdi.

Bugun mamlakatimizda maishiy texnika vositalari ishlab chiqarish hajmi oshdi. Aholining bu boradagi talabi qondirilmoqda. Endi bu sohada eksport hajmini oshiradigan vaqt keldi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari zavodda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini yanada ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida qator yirik loyihalar amalga oshirildi. Birgina “O‘zeltexsanoat” AK tomonidan umumiy qiymati 27,5 milliard so‘mlik 12 loyiha hayotga tatbiq qilindi.

Prezidentimizga “O‘zeltexsanoat” AK tomonidan kelgusida Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdim qilindi. Loyihalarda yarim avtomat kir yuvish mashinalari, elektr shkaflar va suv isitish moslamalari, isitish moslamalari va radiatorlar, energiyatejamkor lampalar, maishiy texnika vositalarini sotish va texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar o‘rin olgan.

www.uza.uz