Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

KOREYANING “CHUNG HOSPITAL” SHIFOXONASI BILAN HAMKORLIKDA O‘ZBEKISTONDA TIBBIY MUASSASA QURILADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
KOREYANING “CHUNG HOSPITAL” SHIFOXONASI BILAN HAMKORLIKDA O‘ZBEKISTONDA TIBBIY MUASSASA QURILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 22 — 25 noyabr kunlari Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifi bilan ushbu mamlakatda davlat tashrifini amalga oshirmoqda.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Koreyaning yetakchi tibbiyot muassasalari rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, “Gachon University Gil Medical Center in Incheon”, “Myongji Hospital in Seoul”, “Tibbiy yetakchilar korporatsiyasi”, “Chonnam National University Hospital in Gwangju” va “Chung Hospital” muassasalari rahbarlari bilan muzokaralar olib borildi.

Ishtirokchilar teletibbiyot, ikkitomonlama tajriba almashish, O‘zbekistonda yetakchi koreys mutaxassislari tomonidan mahorat darslari va seminarlar o‘tkazish, o‘zbek shifokorlarining Koreya Respublikasida malaka oshirish dasturi va u yerda talabalarga ta’lim berish, shuningdek, O‘zbekistonda yuqori texnologiyali va zamonaviy shifoxonalar qurilishi bilan bog‘liq masalalar keng muhokama qilindi.

Uchrashuvlar yakunida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Koreyadagi mazkur shifoxonalar o‘rtasida tegishli kelishuvlar va o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzolash to‘g‘risida kelishib oldilar.

Jumladan, Koreyaning quyidagi yetakchi tibbiyot maskanlari hisoblangan “Chung Hospital” shifoxonasi bilan birga O‘zbekistonda tibbiy muassasa qurish bo‘yicha, “Tibbiy yetakchilar korporatsiyasi” bilan ikki tomonlama tajriba almashish, O‘zbekistonda koreyalik malakali mutaxassislar tomonidan mahorat darslari o‘tkazish, o‘zbek shifokorlarining Koreyada malakasini oshirish borasida, “Gachon University Gil Medical Center in Incheon” bilan ikki tomonlama tajriba almashish va teletibbiyotni rivojlantirish borasida kelishuvlarga erishildi va o‘zaro tushunish memorandumi imzolandi.

Bulardan tashqari, “Myongji Hospital in Seoul” va “Chonnam National University Hospital in Gwangju” bilan yana ikkita shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Shuningdek, Koreya Respublikasi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ishlar vaziri bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

www.xs.uz