Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

KORPORATIV BOSHQARUV KODEKSINING QABUL QILINISHI MUNOSABATI BILAN XALQARO KONFERENSIYA BO’LIB O’TDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
KORPORATIV BOSHQARUV KODEKSINING QABUL QILINISHI MUNOSABATI BILAN XALQARO KONFERENSIYA BO'LIB O'TDI

2016 yil 23 fevral kuni Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazida Korporativ boshqaruv kodeksining qabul qilinishi munosbati bilan, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo’mitasi va Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi tomonidan tashkil etilgan Xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi.

Mazkur konferensiyada:

respublika va xorijiy davlatlarda korporativ boshqaruvni takomillashtirishning zamonaviy tendensiyalari;

jamiyatning boshqaruv organi, aksiyadorlar va jamiyatning mehnat jamoasi manfaatlari uyg’unligiga erishgan holda, aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan korporativ boshqaruv Kodeksining asosiy yo’nalishlari va qoidalari;

korporativ boshqaruv sohasidagi xalqaro standartlar va me’yorlarni aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga joriy qilishni jadallashtirish bo’yicha amaliy tavsiyalar va vazifalari tushuntirildi hamda muhokama qilindi.

Tadbirda 100 dan ortiq ishtirokchilar, shu jumladan Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, BMTning taraqqiyot Dasturi, O’zbekistondagi diplomatik korpus vakillari, Yevropa menejment va texnologiyalar maktabi va “Indekon” (Germaniya) kompaniyasining xalqaro ekspertlari hamda aksiyadorlik kompaniyalar va qo’shma korxonalarning rahbarlari ishtirok etdilar.

Konferensiyada, biznes vakillari bilan ochiq muloqot uyushtirildi va unda aksiyadorlik jamiyatlari samaradorligini oshirish, aksiyadorlar huquqlarini ishonchli himoya qilishga, ularning boshqaruv tizimini takomillashtirish bo’yicha qabul qilingan Qonunlar va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlarining amaliyotdagi ijrosi hamda ushbu sohadagi dolzarb muammolar va masalalar muhokama qilindi.

Konferensiyaning yalpi yig’ilishida Yevropa menejment va texnologiyalar maktabi, “Indekon” (Germaniya) kompaniyasining vakillari, vazirlik va idoralar, shuningdek qo’shma korxonalarning rahbarlari so’zga chiqdilar.

So’zga chiqqanlar o’z ma’ruzalarida, global iqtisodiyotda yuz berayotgan jarayonlarni chuqur tahlil qilish asosida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tomonidan barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash va mamlakatni kelajakda rivojlanishi uchun mustahkam iqtisodiy asosni yaratish bo’yicha tub tarkibiy islohotlarni amalga oshirish yuzasidan muhim qarorlar ishlab chiqilib, qabul qilinganligini alohida ta’kidlab o’tdilar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4720-sonli Farmoni, 2015–2019 yillarga mo’ljallangan iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiyalash Dasturining muhim tarkibiy qismi bo’lib, unda korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda aksiyadorlar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan asosiy yo’nalishlar belgilab berildi.

Ta’kidlash joizki, mazkur Farmon talablari asosida Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi tomonidan Korporativ boshqaruv kodeksi tasdiqlangan bo’lib, unda korporativ boshqaruvning ilg’or uslublarini joriy qilish, shu jumladan:

uzoq muddatli istiqbolda rivojlanish strategiyasi va vazifalari, ichki nazorat tizimlari va ijro organining aksiyadorlar hamda investorlar bilan o’zaro hamkorlikning samarali mexanizmlarini belgilash;

aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ko’lami, tarmoq xususiyatlari va yo’nalishlarini inobatga olgan holda, namunaviy tashkiliy tuzilmani joriy qilish;

aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ochiqligini oshirish, ular tomonidan xalqaro standartlar asosida audit va moliyaviy hisobot axborotini chop etish ko’zda tutilgan.

Konferensiya ishtirokchilari ta’kidlaganlaridek, O’zbekistonda korporativ boshqaruv tizimidagi tamoyil va yondashuvlarini tubdan o’zgartirish, ishlab chiqarish, tashqi iiqtisodiy aloqalar va investitsiya jarayonlariga korporativ menejmentning xalqaro zamonaviy standartlarini joriy qilish, boshqaruvning eskicha uslublari o’rniga yangi korporativ tashkilotlarni shakllantirish bo’yicha faol ishlar amalga oshirilmoqda.

Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni va menejerlarni jalb qilish, ularni korporativ boshqaruv tizimi, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va uni tashqi bozorlarga chiqarish jarayonlarida faol ishtirok etishlari uchun qulay sharoitlar yaratish hamda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat aktivlari va ulushlarini qisqartirish orqali davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 dekabrdagi “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-2454-son qaroriga muvofiq, aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitalida xorijiy investorning ulushi 15 foizdan kam bo’lmasligi belgilandi.

Konferensiya ishtirokchilari ma’ruzalar va chiqishlarni tinglab hamda muhokama qilib, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish yuzasidan quyidagi asosiy yo’nalishlar va tavsiyalarni qayd etishdi:

Jamiyatning boshqaruv organlari, aksiyadorlari va mehnat jamoasi manfaatlari uyg’unligiga erishish maqsadida, korporativ boshqaruv kodeksining tavsiyalarini qabul qilish;

moliyaviy barqarorlikni saqlash, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish va eksport ko’rsatkichlarini oshirish, energiya samaradorligiga erishish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash ishlarini amalga oshirish orqali aksiya qiymatini oshishiga erishish kabi maqsadlarni aksiyadorlik jamiyatining strategik maqsadlari sifatida belgilash;

kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil a’zolarni kiritish, biznes jarayonlar va loyihalarning jamiyatni rivojlantirish maqsadlariga mosligini tahlil qilish hamda aksiyadorlarning, shu jumladan minoritar aksiyadorlarning qonuniy huquq va manfaalarini himoya qilishni asosiy maqsad qilib belgilashni nazarda tutuvchi samarali ichki nazorat tizimini joriy qilish;

manfaatlar to’qnashuvi bilan bog’liq holatlar yuzaga kelganda, ular bo’yicha nizolar kelib chiqishini oldini olish va baxsli holatlarni bartaraf etishdagi harakatlar to’g’risida nizom ishlab chiqish;

munozarali holatlarni aniqlash va hal etish bo’yicha kuzatuv kengashi qoshida jamiyatning boshqaruv oarganlari, xodimlari hamda jalb etilgan ekspertlardan iborat qo’mita tashkil qilish;

aksiyadorlik jamiyatining audit va moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida chop etishga o’tish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati shaffofligini ta’minlash maqsadida axborot siyosati to’g’risida nizom ishlab chiqish va tasdiqlash;

xorijiy amaliyotda muvaffaqiyatli sinovdan o’tgan boshqaruv uslublari, jumladan SWOT, GAP tahlili va boshqa turli yondashuvlar hamda maxsus dasturiy ta’minotlarni keng qo’llash;

aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlarini o’quv kurslari va seminarlarda ishtirokini ta’minlash orqali ularning malkasini oshirish.

Konferensiya yakunida ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqilgan korporativ boshqaruv Kodeksi, korporativ boshqaruvning eng ilg’or xalqaro tajribalarini o’zida jam etganligi va respublikadagi aksiyadorlik jamiyatlarida qo’llash uchun moslashtirilganligi hamda o’tkazilgan mazkur tadbir korporativ boshqaruv sohasidagi bilim va ko’nikmalar darajasini yanada oshirishga xizmat qilishi to’g’risida yakdil fikrlar bildirildi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo’mitasi Matbuot xizmati