Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

KORPORATIV BOSHQARUV - SAMARADORLIKNING MUHIM OMILI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
KORPORATIV BOSHQARUV - SAMARADORLIKNING MUHIM OMILI

Mamlakatimizda xalqaro biznes yuritish tartib-tamoyillari takomillashayotgani, korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlari, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga korporativ boshqaruv tamoyillari keng joriy etilayotgani milliy iqtisodiyotimizning salohiyatini tobora mustahkamlamoqda.

Bugun mamlakatimizdagi qariyb barcha yirik korxonalar aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilgan. Korporativ boshqaruv usullari joriy etilgan kompaniyalar safi kengayib bormoqda. Chet el kapitali va korporativ boshqaruvning xorijiy usullariga asoslangan korxonalar har tomonlama rivojlanmoqda. Ular milliy iqtisodiyotimizning istiqbolini belgilashda katta ahamiyatga ega bo’lib, ishlab chiqarish ko’lamini kengaytirish, yangi ish o’rinlari yaratish borasida muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarmoqda. Davlatimiz rahbarining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni bu boradagi ishlarni yuqori bosqichga olib chiqishda muhim omil bo’lmoqda, deb xabar beradi O’zbekiston Milliy axborot agentligi.

Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini keng joriy etish, ularning faoliyati samaradorligini oshirishda soha mutaxassislarining malaka va mahoratini yuksaltirish, bu borada xalqaro amaliyotni o’rganish va tatbiq etish, o’zaro tajriba almashish, professional boshqaruvchilarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda mamlakatimizda tashkil etilgan Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazining alohida o’rni bor.

Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida mulkchilikning mazkur shakli ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi. Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi Germaniyada joylashgan Yevropa menejment va texnologiyalar maktabining faol ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlarining rahbar xodim va mutaxassislarini tizimli asosda tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish, ularning zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini egallashini ta’minlash maqsadida tashkil etilganini ta’kidladi.

Korxonalarni korporativ boshqarish bo’yicha ilg’or xalqaro tajribani o’rganish asosida aksiyadorlik jamiyatlarining yangi namunaviy tuzilmasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Shu tariqa zamonaviy korporativ boshqaruv tizimi talablarini inobatga olgan holda, lavozim va kasblarning yangi klassifikatori ishlab chiqildi, unga bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan 566 yangi toifa kiritildi. Ana shu klassifikator asosida rahbarlar tarkibi attestatsiyadan o’tkazildi. Bo’shab qolgan rahbarlik lavozimlariga puxta bilimga ega, zamonaviy menejment va marketing usullarini amalda qo’llay oladigan malakali yosh mutaxassislar tayinlandi.

Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi xo’jalik boshqaruvi organlari, aksiyadorlik jamiyatlari va tadbirkorlik sub’yektlari uchun boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil etish, shuningdek, biznesni boshqarish va korporativ boshqaruv sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish bilan shug’ullanadi.

Mazkur markazda magistratura va maxsus o’quv kurslari tashkil etilgan. Ikki yillik magistratura yo’nalishida xo’jalik boshqaruvi organlari hamda tadbirkorlik sub’yektlarining 40 yoshgacha bo’lgan, oliy ma’lumotli, kamida uch yil ish stajiga ega rahbar va mutaxassislari biznesni boshqarish mutaxassisligi bo’yicha o’qitilmoqda. Maxsus o’quv kurslarida magistr darajasiga yoki diplomga ega direktor, menejer va boshqaruvchilar biznesni boshqarish va korporativ boshqaruv bo’yicha qayta tayyorlanib, malakasini oshirayotir.

Markazda biznesni boshqarish va korporativ boshqaruvda xorijiy tajribani chuqur o’rganish, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini sinovdan o’tkazish va joriy etish bo’yicha tadqiqotlar o’tkazish, aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tuzilmasini tubdan qayta tashkil etishni ilmiy-uslubiy ta’minlash, ularning tashkiliy shakllarini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish ustida ish olib borilmoqda.

Ta’lim muassasasida aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlatning ishonchli vakillari, investitsiya aktivlari boshqaruvchilari, kuzatuv kengashi va taftish komissiyalari a’zolari, xususiylashtirish, qimmatli qog’ozlar bozori, monopoliyaga qarshi tartibga solish, brokerlik, baholash va rieltorlik tuzilmalari mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ham ko’zda tutilgan. O’tkazilayotgan turli xalqaro anjuman va uchrashuvlar malakali mutaxassislar bilan fikr va tajriba almashish imkonini bermoqda.

Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazida nafaqat mahalliy pedagoglar, balki yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari, xalqaro moliya-iqtisodiyot tashkilotlari mutaxassislari ta’lim beradi. Nazariy tayyorgarlikni amaliyot bilan uyg’un olib borish maqsadida tinglovchilar xo’jalik boshqaruvi organlari, aksiyadorlik jamiyatlari va tadbirkorlik sub’yektlari, xorijiy kompaniya va ta’lim muassasalariga stajirovkaga yuborilmoqda. Xususan, o’tgan yili Germaniya va boshqa davlatlardagi yetakchi ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilarini jalb etgan holda, mamlakatimiz aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va yirik korxonalarning 160 nafardan ortiq rahbar xodimi korporativ boshqaruv sohasida malaka oshirdi.

Germaniyaning “Daymler”, “Simens”, “BMV”, “Lyuftganza”, “Tissen Krupp”, “MAN”, “Knauf” singari 25 yetakchi kompaniyasi tashabbusi bilan 2002 yilda asos solingan Yevropa menejment va texnologiyalar maktabida “Biznesni boshqarish”, “Rahbar xodimlar uchun biznesni boshqarish” singari xalqaro standartlar asosidagi o’quv dasturlari tashkil qilingan. Ta’lim dargohining bir guruh mutaxassis va professor-o’qituvchilari tomonidan “O’zbekneftgaz”, “O’zvinosanoat-xolding” kompaniyalari, “O’zqurilishmateriallari”, “O’zeltexsanoat”, “O’zdonmahsulot”, “Dori-darmon”, “Kafolat sug’urta kompaniyasi”, “O’zkimyosanoat”, “O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatlari singari yirik korxonalarning rahbar xodimlari korporativ boshqaruv usullari bo’yicha o’qitildi.

"Jahon" AA