Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARIGA BAG‘ISHLANDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARIGA BAG‘ISHLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Adliya, Ichki ishlar vazirliklari, Bosh prokuratura hamda Toshkent islom universiteti hamkorligida “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida korrupsiya va huquqbuzarlikka qarshi kurashish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish masalalari” mavzuida videoseminar o‘tkazildi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari prorektorlari, dekanlar, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari boshliqlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari I.Majidov, Bosh prokuraturaning Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi prokurori X.Tursunbekov va boshqalar davlat organlari va tashkilotlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi xalqimiz farovonligi, turmush-tarzining yanada yaxshilanishi va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashda muhim omil ekanini ta’kidladi.

2017-yil 4-yanvardan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni kuchga kirgani va mazkur qonun ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 2-fevralda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingani bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

– Bugungi tadbir ushbu qonunning mazmun-mohiyatini o‘rganish va ta’lim tizimida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan, – deydi Toshkent islom universiteti katta o‘qituvchisi S.Saidjalolov. – Mazkur qonun 6 bob, 34 moddadan iborat bo‘lib, uning 18-moddasi aynan ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan. Unga ko‘ra, ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Videoseminar tarzida tashkil etilgan tadbirda mazkur qonunning mazmun-mohiyati va ta’lim tizimida oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, ta’lim muassasalarida huquqbuzarlikka qarshi kurashish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirishda ichki ishlar organlarining ta’lim muassasalari bilan hamkorligi, korrupsiya va huquqbuzarliklarning oldini olishda huquqiy targ‘ibоt va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi mavzulariga doir ma’ruzalar tinglandi.

O’zA