KORXONA SALOHIYATI YUKSALMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani, qulay biznes muhiti yaratilib, tadbirkorlarga keng imtiyozlar berilayotgani samarasida iqtisodiyotimiz izchil rivojlanmoqda.
A’zam Mirzaulug‘ov tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan foydalanib, bruschatka ishlab chiqaradigan «Tosh bruschatka» korxonasini tashkil etdi.
Dastlab korxonada 10 ish o‘rni tashkil qilingan edi. Ayni paytda bu yerda 30 dan ziyod kishi mehnat qilmoqda. Ularning aksariyati kasb-hunar kollejlari, jumladan, Sergeli sanoat kasb-hunar kolleji bitiruvchilaridir. Zamonaviy texnologiyalar asosida bir smenada 30 dan ortiq turdagi 600 kvadrat metr bruschatka ishlab chiqarilib, yuqori sifatli mahsulotlar mamlakatimizning turli hududlariga yetkazib berilayotir.
Mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati maxsus laboratoriyada tekshiriladi. Bu esa korxonaning qurilish materiallari bozorida salmoqli yutuqlarga erishishiga zamin yaratmoqda.
– Bozor kon’yunkturasini muntazam o‘rganib boramiz, – deydi «Tosh bruschatka» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori A’zam Mirzaulug‘ov. – Korxonaga sohaning so‘nggi yutuqlarini joriy etish, mahsulotlarimizni ko‘rgazma va yarmarkalarda namoyish qilishga alohida e’tibor qaratyapmiz.
Yaqinda korxonada «Hamkorbank» krediti hisobidan modernizatsiya ishlari amalga oshirilib, yangi asbob-uskunalar xarid qilindi. Buning samarasida yana 10 ish o‘rni tashkil etildi.
Korxonada ishlab chiqarish hajmini oshirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va mahsulotlar turini kengaytirish rejalashtirilmoqda. Bruschatkalarni MDH mamlakatlariga eksport qilishni yo‘lga qo‘yish ishlari amalga oshirilmoqda. Tez orada mas’uliyati cheklangan jamiyat qoshida liboslar atelesi, tokarlik va mebel sexlari ish boshlaydi.