KRISTA PIKKAT: “O’ZBEKISTON TURLI MADANIYAT, DIN VA AN’ANALARGA EGA BO’LGAN KO’PGINA MILLATLARNING O’ZARO HAMJIHATLIKDA YASHASHI BO’YICHA NAMUNA MAMLAKATDIR”
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O’zbekiston davlat mustaqilligining 24 yillik bayrami munosabati bilan YUNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Krista Pikkat “Jahon” axborot agentligi muxbiriga bergan intervyusi chog’ida quyidagi fikrlarini bayon etdi:
— O’zbekiston mustaqillik yillari mobaynida ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishlarda salmoqli natijalarni qo’lga kiritdi. Tinchlik, barqarorlik, millatlararo va dinlararo hamjihatlikni saqlash va mustahkamlash hamda mamlakatning sezilarli darajadagi iqtisodiy taraqqiyoti respublikaning mustaqillik yillaridagi asosiy muvaffaqiyatlari hisoblanadi. Keyingi yillar davomida respublika rivojlangan infratuzilmaga ega bo’lganidan tashqari ta’lim sohasida salmoqli o’zgarishlarni amalga oshirildi. Xususan, yoshlarning bilim olishlari va sifatli ta’limdan bahramand bo’lishlari uchun ularga qulay sharoitlar yaratildi.
Ma’lumki, joriy yil O’zbekistonda “Keksalarni e’zozlash yili”, deb e’lon qilingan. O’zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan har bir yilning muayyan ijtimoiy yo’nalishga bag’ishlanishi yaxshi an’anaga aylangani yuqori bahoga loyiqdir. 2015 yilda davlat tomonidan keksa avlod vakillarini qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ulkan ahamiyatga ega. Bu o’zbek xalqining an’analarini - keksa avlod vakillariga, ularning donishmandligi va tajribasiga chuqur hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo’lishni anglatadi. Bunday insoniy qadriyatlar YUNESKOning bilim, tajriba va ko’nikmalar bir avloddan ikkinchi avlodga o’tishiga ko’maklashishga qaratilgan maqsadlariga ham har tomonlama mos keladi. Bugungi yoshlar va ulardan keyin keladigan avlod ham buyuk ajdodlari ular uchun yaratib ketgan merosni anglashi va qadrlashi muhimdir. Umid qilamanki, keksalarga ko’rsatilayotgan g’amxo’rlik bundan keyin ham turli ijtimoiy va shaxsiy tashabbuslar uchun ezgulik namunasi bo’lib qoladi.
O’zbekistonning sog’liqni saqlash tizimi haqida to’xtalganda, keyingi yigirma yil ichida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishilganini ta’kidlash kerak.
Shuni ham qayd etish joizki, respublikada sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, ona va bola salomatligi masalalariga ulkan e’tibor qaratilmoqda. Masalan, o’tgan yil, ya’ni “Sog’lom bola yili” davomida barkamol rivojlangan avlod tarbiyasi yo’lida ular uchun qulay sharoitlar muhayyo etildi. Ko’plab sport klublari, seksiyalar bunyod etildi, stadionlar rekonstruksiya qilindi va hokazo.
Oldinda turgan vazifalarning amalga oshirilishiga BMTning har bir tizimi o’z hissasini qo’shmoqda. O’z navbatida, YUNESKO sog’lom turmush tarzi, sanitariya ma’rifatini targ’ib etishga hamda sog’liqni saqlash masalalarida jurnalistlar bilan ish olib borishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Tinchlik va barqarorlikni, jamiyatda hamjihatlikni ta’minlamasdan barqaror taraqqiyot va aholi farovonligini oshirish haqida gapirish mumkin emas. Shu ma’noda, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmuni YUNESKO nizomi bilan hamohangdir. Jamoatchilik ongida boshqa madaniyatlarga hurmat bilan munosabatda bo’lishni shakllantirish va millatlararo muloqotga ko’maklashish ham Xalqaro madaniyatlar yaqinlashuvi dekadasi (2013-2022) maqsadlariga mos keladi. Uni amalga oshirishda YUNESKO yetakchi rol o’ynaydi.
“Buyuk Ipak yo’li” mamlakati sifatida O’zbekiston turli madaniyat, din hamda an’analarga ega bo’lgan ko’pgina millatlarning yonma-yon do’stlikda, bir-biriga hurmat bilan o’zaro hamjihatlikda yashashi bo’yicha namuna mamlakatdir. Mamlakatingizning boy moddiy va nomoddiy madaniy merosi ushbu zaminda istiqomat qiladigan xalqlarning betakror xalq ijodiyotida o’zining to’la ifodasini topgan.
O’zbekiston mustaqilligining navbatdagi bayrami arafasida respublikaning barcha aholisini ushbu qutlug’ sana bilan tabriklashga va YUNESKO nomidan sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilashga ijozat bergaysiz.
“Jahon” AA