Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

KRISTOFER ALLAN: “O‘ZBEKISTONDA ISLOHOTLAR YUKSAK SAMARALAR BERMOQDA”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
KRISTOFER ALLAN: “O‘ZBEKISTONDA ISLOHOTLAR YUKSAK SAMARALAR BERMOQDA”

Buyuk Britaniya O‘zbekistonning muhim savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri. Mamlakatlarimiz o‘rtasida imzolangan qator hujjatlar, jumladan, daromadlarning ikki tomonlama soliqqa tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik, daromad va kapital soliqlarini to‘lashdan bosh tortishning oldini olish, investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish hamda himoya qilish, iqtisodiyot, ta’lim, ilm-fan va madaniyat, havo transporti, sayyohlik sohalariga oid bitimlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirishda muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya o‘rtasidagi muloqot o‘zaro anglashuv va manfaatdorlikka asoslangan bo‘lib, bu turli sohalardagi munosabatlarni izchil rivojlantirish imkonini bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25-yilligi arafasida O‘zA muxbiri Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Allan bilan suhbatlashdi.

– Suhbatimiz O‘zbekiston mustaqilligining 25-yilligi arafasida o‘tmoqda. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida turli sohalar, xususan, iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari haqidagi fikrlaringizni bildirsangiz.

– O‘zbekiston ulkan iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lib, investitsiyaviy loyihalarni samarali amalga oshirmoqda. Avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish, biotexnologiya va farmatsevtika sanoati va boshqa sohalar istiqlol yillarida jadal rivojlandi. Jahon bankining biznes yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish reytingida O‘zbekiston 2005-yildagi 105-o‘rindan 2016-yilda 87-o‘ringa ko‘tarildi. Bunga yangi biznes ochish, mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kredit olish va boshqa jarayonlar yo‘lidagi to‘siqlar bartaraf etilgani samarasida erishildi. Muhimi, mamlakatingizda biznes muhitini yaxshilash borasidagi islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Mustaqillik yillarida «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi, Angren va Jizzax maxsus industrial zonalari tashkil etilgani, shuningdek, ishlab chiqarishni diversifikatsiya va modernizatsiya qilishga e’tibor qaratilayotgani O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada barqaror rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotir. Korporativ boshqaruvning takomillashib borayotgani, tadbirkorlar uchun onlayn rejimida «Bir darcha» tizimining joriy etilgani hamda xususiylashtirish dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani ham bu borada muhim o‘rin tutmoqda.

– O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki yillaridan Buyuk Britaniya bilan hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor bermoqda. Sizning fikringizcha, o‘zaro munosabatlarning qaysi yo‘nalishlari ustuvor hisoblanadi?

– Buyuk Britaniya O‘zbekiston bilan hamkorlikni izchil rivojlantirishdan manfaatdor. Bugun munosabatlarimiz ko‘plab sohalar, jumladan, siyosat, tadbirkorlik, xavfsizlik, ta’lim, madaniyat sohalarini qamrab olgan. Biz xavfsizlik, xususan, Afg‘oniston masalasi, boshqa qator umummintaqaviy muammolar bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirmoqdamiz. Uyushgan jinoyatchilik, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi va odam savdosiga qarshi kurashishda birgalikda ish olib bormoqdamiz. O‘zbekiston parlamenti, Markaziy saylov komissiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz bilan muntazam axborot almashinmoqda, boshqaruv tizimi va universal qadriyatlar borasida hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar qo‘llab-quvvatlanmoqda. Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston – Buyuk Britaniya kengashi orqali mamlakatingiz bilan savdo-iqtisodiy va investitsiya munosabatlari sohasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda.

– 2016-yil O‘zbekistonda Sog‘lom ona va bola yili, deb e’lon qilingan. Prezidentimizning ushbu tashabbusi va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham fikringizni bildirsangiz.

– Mustaqillik yillarida O‘zbekiston bolalar o‘limini kamaytirish va onalar salomatligini yaxshilash bo‘yicha BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishdi hamda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishni davom ettirmoqda. «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturida onalik va bolalikni nafaqat tibbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda muhofaza qilishni kuchaytirish, balki yosh ayollar va qizlar o‘rtasida ommaviy sport tadbirlarini ko‘paytirishga alohida ahamiyat berilayotgani e’tiborga molik. Shu bilan birga, dasturda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi ishtirokini faollashtirish, ularning kasb malakasini oshirish uchun imkoniyatlarni kengaytirish chora-tadbirlari ham ko‘zda tutilgan. Xotin-qizlarga qaratilayotgan bunday e’tibor iqtisodiyot va jamiyatni rivojlantirishga ko‘maklashadi. O‘zbekiston bu borada to‘g‘ri yo‘l tanlagani va istiqbolini aniq belgilab olganiga ishonchimiz komil.

– O‘zbekiston yoshlarining intellektual salohiyati, turli sohalarda erishayotgan yutuqlari haqida nima deya olasiz?

– O‘zbekistondagi faoliyatim davomida mamlakatingiz yoshlari katta salohiyatga ega ekaniga ishonch hosil qildim. O‘zbekiston yigit-qizlari bilimdon, tashabbuskor, dunyoda ro‘y berayotgan voqealardan xabardor. Ularga o‘zi qiziqqan ish, jumladan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoit yaratilgan. Mamlakatingiz aholisining qariyb 70 foizini yoshi 30 gacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil qiladi va bu katta salohiyat demakdir. Masalan, joriy yilda O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish uchun har qachongidan ko‘p hujjat topshirildi. Bu ham o‘zbekistonlik yoshlar chuqur bilim olishga chanqoqligidan dalolat beradi. Chet tillarni o‘rganishga katta e’tibor berilayotgani samarasida ingliz tilini yaxshi biladigan talabalar yil sayin ko‘payib bormoqda. Bularning barchasi O‘zbekiston yoshlarining bilim darajasi va salohiyati yuqoriligini ko‘rsatmoqda.

– O‘zbekiston xalqiga bayram tilaklaringiz...

– O‘zbekiston xalqini mustaqillikning 25-yilligi va shu yillar davomida erishilgan muvaffaqiyatlar bilan qutlayman. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning izchil sur’ati bilan faxrlansak arziydi. Bu munosabatlar yanada rivojlanishiga ishonaman.

O‘zA